Suriya masalasi bo’yicha yana bir uchrashuv

394
0

BMT Suriyadagi inqirozga barham berish maqsadida yana bir konferentsiya tashkil qilishga kirishdi. BMTning Suriya masalasi bo’yicha xos vakili Steffan De Mistura Suriya rejimi vakillari va unga qarshi kurash olib borayotgan muxolifat vakillarini May oyida o’tkazilishi rejalashtirilgan konferentsiyaga ishtirok etishlari uchun Jenevaga da’vat qildi. BMT so’zchisi Ahmad Favzi bu konferentsiya 4-6 olti hafta ichida amalga oshirilishi rejalanganligini bildirdi.

Favziga ko’ra, Shvetsariyaning Jeneva shahrida tashkil qilinadigan konferentsiyada har ikki taraf bilan alohida-alohida uchrashuv o’tkaziladi. BMT so’zchisi uchrashuv oddiy shaklda o’tishi, katta yig’ilish o’tkazish rejasi yo’qligi, biroq bu yig’ilishdan yuksak natijalar chiqishi taxmin qilinayotganligiga ishora qildi.

Ahmad Favzining ta’kidalashicha, konferentsiyaga Suriyada kurash olib borayotgan taraflar bilan bir qatorda buyuk davlatlar va mintaqaviy davlatlardan ham vakillar da’vat qilingan, ular orasida Eron ham bor, biroq “Terrorchi” guruh deya tanilgan Islomiy jamoalar bu konfenentsiyaga ishtirok etishmaydi.

Favzining ma`lum qilishicha, De Mistura uchrashuv natijalarini BMT bosh kotibi Pan Gi Munga 30 iyun kunida taqdim qilish niyatida. 30 iyunda Jeneva dekloratsiyasi qabul qilinganiga 3 yil to’ladi.

“Reuters” axborot agenligiga intervyu bergan ba’zi diplomatlar Mistura tashabbusi bilan tashkil qilinishi kutilayotgan bu konferentsiyadan biror natija chiqishiga shubha bilan qarashini bildirishdi. Ularga ko’ra, Rossiya hukumati bu uchrashuvdan Suriyadagi jihodiy guruhlarga qarshi bir ittifoq tuzilishidan umidvordir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.