Islom diniga va muslimalarning Hijob kiyishi kabi qat’iy shar’iy hukmlarga qarshi ishlar olib borilayotgani Tojikistonda hukumat ko’rsatmasiga binoan, radio va televideniya orqali diniy dasturlar efirga uzatiladigan bo’ldi.
Tojikistonda faoliyat olib borayotgan “Shabai Avval” nomli radio va televizion kanaldan diniy dasturlar efirga uzatilishi haqida davlat tarafidan reja ishlab chiqilganligi ma’lum qilindi. Maxsus tayyorlanadigan radio eshittirishlar va televizion dasturlarda davlat tarafidan belgilangan “Islom olimlari” va “diniy mutaxassislar” mehmon sifatida ishtirok etadi.
Tojikiston Islom markazi ulamolari kengashining rahbari Saidmukarram Abduqodirzoda bu dasturlar mamlakat prezidenti Emomali Rahmonovning buyrug’i bilan efirga uzatilishini bildirdi. Abduqodirzodaga ko’ra, dasturlar asosan yoshlarning adashib ketishini oldini olish va oilaviy hayotni yaxshilashga qaratiladi.
“Bu dasturlarning efirga uzatilishidan maqsad tojik yoshlarining diniy madaniyatini kuchaytirish, oilada zo’rovonlik va o’z joniga qasd qilish hodisalariga mone bo’lish, yoshlarimizning terrorchi guruhlarga qo’shilib ketishini oldini olish va shunga o’xshash kun tartibidagi masalalarni jamiyatga yoritib berishdir”, dedi Tojikiston Islom markazi ulamolari kengashining rahbari Saidmukarram Abduqodirzoda
Davlat teleradio kompaniyasi vositasida olib boriladigan Islomiy dasturlarni tayyorlash va radio eshittirishlar va teleko’rsatuvlar orqali uni xalqqa taqdim qilish uchun “mutaxassislar” tanlash jarayoni davom etmoqda.
Turkiston:
Payg’ambarimiz SAV “eng katta jixod, nafs bilan bo’lgan jixoddir” dedilar.
O’rta Osiyoda, Sovetlar davridan buyon yoki undan keyingi davrda diniy ta’lim olib keyin imom yoki diniy arbob va ulamo bo’lib kelishayotgan aytaylik diniy qatlam vakillari uchun endi jiddiy sinov kela boshladi. Bu ular uchun iymon va kufr, boshqacha aytganimizda dunyo yoki oxirat farovonligidan birini tanlash masalasi ko’ndalang qo’yila boshladi.
Juda ko’p ulamolar, molu dunyo, obro’yu e’tibor va har xil imtiyozlar bilan, davlat uchun Musulmonlarni yuvoshtirib berishda juda katta xizmatlar qilib berishdi. Endi ularning missiyalari yakuniga eta borayapti. Chunki Musulmonlarni yuvoshtirib bo’lganlaridan keyin, ularning o’zlari davlat uchun keraksiz va xavfli shaxslarga aylanib qolishdi. Bunga ilgari o’ta obro’yli bo’lgan Sayid Abdullo Nuri va To’rajonzoda singari shaxslarning shu kungi ahvollari yaqqol dalil bo’la oladi.
Mintaqadagi barcha Davlatlar Tojikiston kabi kufr sistemasi asosida va kufr sistemasi ta’siri ostida hukm yuritishadi. Olloh tomonidan kelgan nususlar esa, kufrni rozi qilish, faqat iymondan kechish bilan amalga oshishi mumkinligiga dalolat qiladi. Tojikiston ulamolari uchun qattiq imtihon kelibdi. Biz ularga va boshqa islomiy yurtlarda faoliyat olib borayotgan olimu ulamolar uchun Ollohdan faqat sabr va nusrat so’rab qolamiz.
Ollohim bizlarga kufrning ta’ziyqlaridan iymonlarimizni basalomat olib o’tib keta oladigan toqat va quvvat bergin. Bizlarga nusrat bergin. Fosiq, zolim musulmonlar, bilgan yoki bilmagan hollarida kufr manfaati uchun o’zinga qarshi isyon qilib borishayapti. Ularni hidoyat sari, bizlarni vosita qilib yo’naltirib qo’ygin. Ularni har xil nayrang va taziyqlar bilan kufrga majburlar borayotgan kofirlarga o’zing kifoya qilgin Amin.