AQSh Saudiyaga qurol aslaha yuborishni jadallashtirdi

931
0

AQSh davlat kotibining yordamchisi Toni Blinken Yamanda Husilarga qarshi olib borilayotgan “Barqaror bo’ron” harbiy amaliyotiga boshchilik qilayotgan Saudiya Arabistoniga qurol aslaha erkazib berishni jadallashtirganligini bildirdi. Saudiya poytaxti ar-Riyozdagi AQSh elchixonasida yig’ilish tashkil qilgan Blinkin Yamandagi harbiy amaliyotga doir bayonot berdi. Blekinga ko’ra, hariy amaliyotga boshchilik qilayotgan Saudiya Husilar va ularning ittifoqdoshlariga kerakli darsni berib qo’ygan.

“Saudiya Arabistonining harakatlariga dastak sifatida ularga qurol aslaha yuborishni tezlashtirdik. Razvedka ma’lumotlari almashuvini ham kuchaytirdik va Amaliyot markazida hamkorlikda muvofiq reja tuzish xonasini tashkil qildik”, dedi Toni Blinken.

Shuningdek Blinken Husilar mamlakat boshqaruvini kuch bilan qo’lga kirita olmasligiga urg’u berdi.

AQSh mudofaa vazirligi Pentagonning so’zchisi Stiv Uorren ham Blinkenning so’zlarini tasdiqladi. Uorren jurnalistlarga bergan intervyusida AQSh hozirda tayyorlab qo’yilgan buyurtmalar bilan bir qatorda o’z ittifoqdoshlariga qurol aslaha va o’q-dori bilan yordam qo’lini cho’zish haqida o’ylayotganligi haqida aytib o’tdi.

Boshqa bir tarafdan AQSh davlat kotibi Jon Kerri Eronni Husilarga dastak berishdan ogohlantirdi. AQShning “PBS” axborot agentligiga intervyu bergan Kerri Eronning Husilarni dastaklayotgani sir emasligini tilga olib o’tdi.

“Yamanda Erondan kelgan harbiy jihozlar mavjudligi aniq. Har hafta Yamanga Erondan bittadan ortiq samalyot uchadi”, dedi Kerri.

AQSh davlat kotibining ta’kidlashicha, Eronning Yamanda beqarorlikni vujudga keltirishiga AQSh hukumati jim qarab turmaydi.

Turkiston:

Ushbu AQShning navbatdagi ikkiyuzlamachilik siyosatiga e’tibor bering. Bu uning rasmiy bayonot bilan, aslida hozir AQSh bilan aloqasi uzoqlashib borayotgan Saudiyaga nisbatan qalbaki muomilasi bo’lsa, ikkinchi tarafdagi Xusiylarni ham zimdan qo’llab va harbiy uskunalar bilan dastaklab kelayapti.

Tonni Blinkenning so’zlarida jon bor. Haqiqatdan ham Xusiylar Yamanni kuch bilan bosib olaomaydilar. AQSh ularni o’zi qurollantirgani uchun, ularning imkoniyatlarini ham yaxshi biladi. Dunyoning boshqa o’lkalarida borayotgan barcha fuqorolar urushlari, AQSh yoki ba’zilari boshqa bir katta davlatlar tomonidan qurol yaroq bilan dastaklanadi. Chunki qo’zg’alonchilarning, dunyo harbiy zamonaviy texnalogiyasi bilan bas kela oladigan o’z qurol ishlab chiqish tarmoqlari mavjud emas. Demak har qanday qurolli harakatlar, katta etakchi kufr davlatlari nazorati ostidagi biror tarmoq orqali yoki bevosita ularning o’zlari tomonidan dastaklanishadi. Boshqacha yo’l hozirgacha mavjud emas. Bazi kufr taqdim etayotgan qurollar hatto maxsus sputniklar orqali nazorat uskunalari bilan taqdim etiladi.

Saudiya bularning barchasidan xabardor. U hatto Yamandagi Xusiylar muammosi, kufr tomonidan tayyorlab borilayotgan shi’a suniylar muammosi uchun bir zamin ekanini ham anglab turibdi. Shularning barchasi ortida AQShning o’zi turganini ham biladi. Muammo shundaki Saudiyaning asosiy neft qazib olinadigan mintaqalarida yashovchi fuqorolarining asosini shi’lar tashkil etadi. Demak Saudiya qirolligi, AQShning qandaydir tuzog’iga ilinib borayapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.