Salohiddin Ayyubiyning tarixi o’quv dasturlaridan olib tashlandi

2206
0

Misrda “Terrorizmga qarshi kurash” doirasida olib borilayotgan faoliyat jarayonida bir qancha Islomiy darsliklar maktab o’quv dasturlaridan chiqarib tashlandi. Ular orasida Salohiddin Ayyubiy va Uqba Ibn Nofe’ kabi Islom namoyondalarining tarixiy qissalari ham o’rin olgan.

Misr ta’lim tarbiya vazirligi o’quv dasturlarini qayta ko’zdan kechirib, ekstrimizm va zo’rovonlikka targ’ib qiluvchi hamda siyosiy yo’nalishlarni o’z ichiga olgan, deb topilgan mavzularni o’quv dasturlaridan chirib tashladi. Bu haqida ta’lim tarbiya vazirligi tarafidan ayni mavzuga aloqador chiqarilgan bayonotda aytib o’tildi. Ta’lim tarbiya vaziri Muhib al-Rafah ham o’quv dasturlariga qayta ishlov berish komissiyasining tavsiyasiga binoan zo’ravonlikni o’z ichiga olgan, deb topilgan mavzular birinchi sinfdan tortib o’rta maktab bitiruvchilariga qadar o’quv dasturlaridan olib tashlanganligini tasdiqladi.

Misrning eng mashhur gazetalaridan hisoblangan “Misrul yavm” gazetasi tarqatgan xabarga ko’ra, “ekstrimistik va zo’rovonlikka targ’ib qiluvchi darsliklarni o’quv dasturidan chiqarib tashlash” nuqtai nazaridan kelib chiqib bir qancha Islomiy darsliklar o’quv dasturidan chiqarib tashlangan.

Boshlang’ich maktabning uchinchi sinf darsligidan “Burgutlarning oqibati”,

Boshlang’ich maktabning to’rtinchi sinf darsligidan “Hanoning orzulari”,

Boshlang’ich maktabning beshinchi sinf darsligidan “Salohiddin Ayyubiy”,

O’rta maktabning birinchi sinf darsligidan “Uqba ibn Nonofe’ning jang taktikasi” nomli mavzular o’quv dasturlaridan olib tashlangan darsliklar jumlasidandir.

“Burgutlarning oqibati” darsligida asar qahramoni burgutni o’tga tashlab undan qasos oladi. Bu tushuncha IShIDga xosligi ro’kach qilinib o’quv dasturidan olib tashlandi. Xususan Iordaniyalik uchuvchi IShID tarafidan yoqib yuborilganligi bunga sabab qilib ko’rsatilmoqda.

Salohiddin Ayyubiy va Uqba ibn Nofe’ning tarixiy qissalarida esa jang va jihod mavzulari noxush mavzu deb topilgan. Salohiddin Ayyubiyning Quddusni salbchilar iflosligidan ozod qilishi va Afrikaning Uqba ibn Nofe’ boshchiligidagi Islom armiyasi tarafidan fath qilinishi o’quvchilarni ekstrimiztik va zo’rovonlikka targ’ib qilish deya baholanib, o’quv dasturlaridan olib tashlangani aytilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.