Britaniya yangidan qurollanish rejasini tuzmoqda

412
0

Rossiyaning Qrimni bosib olishi va uning Boltiq bo’yi davlatlariga nisbatan tug’dirayotgan tahdidlari hamda Ukraina sharqida yuzaga kelgan inqirozlar Britaniyaning yana ham ko’proq qurollanish rejasini tuzishga turtki bo’lmoqda.

Britaniya parlamentining mudofaa qo’mitasi mamlakatni mudofaa qilish rejasi qoniqarsiz ekanligini bildirib, dunyo tahdidlariga, xususan Rossiyadan keladigan yangi tahdidlarga qarshi loihalarni yangidan ko’zdan kechirib chiqish zarurligini ta’kidladi.

Mudofaa qo’mitasi tarafidan tayyorlangan hisobotga ko’ra, Britaniya tahdidlar qarshisida havfsiz bo’lishi uchun uning mudofaa siyosati bir necha joylarda barqarorlikni ta’minlashi lozim. Xususan, hisobotda Birlashgan Qirollik an’anaviy va noan’anaviy tahdidlarga qarshi tura oladigan vaziyatda bo’lishi lozim ekanligiga alohida urg’u berildi.

Hisobotda Rossiya qasd qilingan holda 20 yildan buyon ilk bor Yevropa davlatlari chegaralarining harbiy jihatdan rivojlangan bir davlat tarafidan tahdidga uchraganligi ma’lum qilindi. Shuningdek, Ingliz mudofaa qo’mitasining hisobotida Ukrainaning sharqidagi inqirozlardan tashqari O’rta Sharqda, Afrika va Janubiy Osiyoda ham xavfsizlik siyosati jihatidan o’zgarishlar yuz berganligi qayd etildi.

Qo’mita a’zolaridan iborat deputatlar bu o’zgarishlardan ko’z yumib o’tib keta olmasligini va Britaniyani izolyatsiyaga tortmasliklarini tilga olishdi. 2010 yildan buyon konservativ liberal hukumat mudofaa xarajatlarini 8 foizga yaqin kamaytirdi va xarbiylar sonini ham qisqartirdi.

Rossiyaning Kopengagendagi elchisi Mixail Vaninning Daniyaga qarshi qilgan yadroviy hujum tahdidi faqat Daniyadagi harbiy mutaxassislarni tashvishga solmadi, balki Britaniya ham bu tahdiddan xavotirga tushdi.

Rossiya elchisi Vanin Daniyada chiqadigan “Jyllands Posten” gazetasiga bergan intervyusida Rossiyaning NATO tarafidan qurilishi rejalashtirilgan raketa himoya tizimiga qarshi munosabatiga nisbatan ogohlantirib, Daniya bu himoya rejasiga ishtirok etadigan bo’lsa Rus yadroviy raketalari Daniya harbiy kemalarini nishonga olishini bildirgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.