Mart oxirlarida O’zbekiston hududida “IShID” hujumi xavfi kutilmoqda

1239
0

AQSh Qurolli uchlari Qo’shma markaziy qo’mondonligi homiyligida faoliyat yuritadigan “centralasiaonline.com” sayti xabariga tayanib “sharh.uz”ning ma’lum qilishicha, O’zbekiston hukumati “IShID” terrorchilarining Afg’onistondagi faollashuvidan xavotir olmoqda.

Bu haqda MXX tahlilchi xodimi Baxtiyor Sharafovning aytishicha, “IShIDning “Markaziy Osiyo darvozasi”da paydo bo’lishi qo’poruvchilik va harbiy operatsiyalarning xavfini oshirmoqda”.

Uning so’zlariga ko’ra, Afg’oniston xavfsizlik kuchlari ma’lumoti bo’yicha “IShID” janggarilari Turkmaniston chegarasiga yaqin hududda yashiringan va O’zbekiston chegarasi yaqinida faollashmoqda.

O’zbekiston MXXsining ma’lumotiga ko’ra, hozirgi vaqtda “IShID” tomonida qariyb 5 ming a’zoga ega “O’zbekiston Islom harakati” terrorchi guruhi jang olib bormoqda. Xabarlarga ko’ra, ulardan yarmi aynan o’zbekistonlik (Afg’on o’zbeklari emas) bo’lib, terrorchi guruh saflariga jalb qilinganlardir.

Ma’lum qilinishicha, mart oyida, xususan Navro’z bayrami va 29 martda bo’lib o’tadigan saylov arafasida terrorchilarning O’zbekiston hududida qo’poruvchiliklarni amalga oshirish xavfi mavjudligi ta’kidlanmoqda.

Turkiston:

AQSh hukumati o’n yildan oshiq vaqt mobaynida “Al-Qoida” va bu tashkilot etakchisi Usoma bin Ladenni butun dunyoga “olabo’ji”qilib ko’rsatib kelgan bo’lsa, endi navbat “IShID” tashkiloti va uning rahbari Bag’dodiy orqali dunyoni qo’rquv ostida ushlab turishga keldi. Amerika ma’muriyati bu tashkilotni dunyoga reklama qilishda bevosita o’zi etakchilik qilib kelmoqda. So’ngi oylar mobaynida “IShID” tahdidi haqida yozmagan birorta sayt, AQSh razvedkasi ma’lumotlariga tayangan holda turli taxlil va izoh bermagan birorta ham ekspert qolmadi hisob.

Bunday ma’lumotlar va ekspertlar taxlili ayniqsa Markaziy Osiyodagi mustabid hokimlar uchun juda qo’l kelmoqda. Bu mustabid hokimlar Islom va musulmonlarga qarshi kurashda bunday vahima va taxlillardan unumli foydalanib qolishga itilishib, ayniqa Karimov boshchiligidagi O’zbekiston hukumati uloqni hech kimga bermay kelmoqda.

Islom va musulmonlarga nisbatan e’tiqodiy dushman bo’lgan Karimov shundoq ham turli tamg’a va atamalar bilan musulmonlarni qirg’in va ta’qib qilib kelayotgan edi. Endi esa AQSh tomonidan yoqib berilgan yashil chiroq natijasida shundoq ham cho’qqisiga chiqib bo’lgan zulmlarni yanada kuchaytirish imkoniga ega bo’lib turipti. Aynan mana shunday “tahdid va xavotir”lar bahonasida o’zbek kuch organlari o’zlari biror bir qo’poruvchilik amaliyotini sodir etishlari va qo’rquv ostida ushlab turilgan xalqni yanada ezish imkoniga ega bo’lib olishlari mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.