Liberman: Bizga qarshi arablarning boshlarini chopib tashlash kerak

406
0

Isroil tashqi ishlar vaziri Avigdor Liberman Gertsliya shahrida tashkil qilingan saylov oldi yig’ilishida nutq so’zlab, o’zining partiyasiga qarshi bo’lgan arablarni boltalab tashlash bilan tahdid qildi.

“Isroillik arablardan bizga qarshi bo’lganlarning boshlarini bolta bilan chopib tashlash kerak. Aks holda bu tuproqlarda Isroil, degan narsa qolmaydi”, dedi Isroil tashqi ishlar vaziri.

Avigdor Liberman “Nekb” kuni haqida og’iz ochar ekan, bu kunda bayroq ko’tarib ko’chaga chiqqan falastinliklarning ham Isroildan quvg’in qilinishiga ishora qildi.

“Nekb kunida Falastin bayrog’ini ko’tarib yurganlar bu erdan ketsinlar. Men ularni Abu Mozinga (Falastin prezidenti Mahmud Abbosga) hadya qilishga tayyorman va bundan g’oyat mamnun bo’laman”, dedi Liberman.

“Nekb” kuni falastinliklar nazarida o’ta qayg’uli kun hisoblanadi. Chunki bu kun Isroil davlati tiklangan kundir. Shu bois bu kunni qoralab ko’chalarga bayroq ko’tarib chiqish falastinliklarning odatiga aylangan. Isroilliklar esa bu kunni bayram sifatida nishonlashadi.

Shuningdek Liberman Isroil va Falastin o’rtasidagi bitim jarayoni haqida so’z ochar ekan, faqatgina Falastin emas, balki barcha arab davlatlari tinchlik haqida bosh qotirishi lozimligini ta’kidladi.

“Tinchlik ikki davlat orasida ta’minlanishi mumkin emas. Falastinliklar tinchlikni xohlashsa butun arab davlatlari va Isroildagi arablar hamda falastinliklar bir bo’lib mintaqaviy tinchlik barpo qilmoqlari lozim”, deya qayd etdi u.

Ba’zi arab davlatlari Isroilni emas, jihodiy guruhlarni o’zlari uchun haqiqiy tahdid deb bilishini urg’ulagan Liberman bu vaziyatdan donolik bilan foydalanib qolish kerakligini olg’a surdi. Libermanga ko’ra, Isroil davlatining ichida arablar yashaydigan shaharlarni Falastinga qaytarish kerak. Quddusdan 80 km uzoqlikda Isroilning shimolida joylashgan Ummi Fahm shahri Isroilning bir parchasi bo’lib qolishiga hech bir sabab qolmagan.

Ummi Fahm shahri Iordaniya bilan tuzilgan otashkesim bitimiga binoan 1949 yilda Isroilga tortiq qilingan edi. Bu shahar aholisi soniga ko’ra, Nasira va Raht shaharlaridan keyin Isroil ichidagi 3 o’rindagi arablar ko’p yashaydigan shahar hisoblanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.