AQSh Saudiyani tinchlantirdi

496
0

AQSh va Eron o’rtasida yadro masalasi bo’yicha uchrashuvlar bo’lib o’tgandan so’ng AQSh davlat kotibi Jon Kerri Sudiya hukumatini tinchlantirish maqsadida Riyodga yo’l oldi.

Saudiya hukumati mintaqadagi eng buyuk raqibi hisoblangan Eronning yadroviy qurolga ega bo’lish ehtimolidan xavotirda ekanligini yashirmay keladi. Tehronning Suriya va Yamandagi ta’siridan bezovta bo’lgan Riyod yadro muzokaralaridan so’ng Eronning yana ham ko’proq imkoniyatga ega bo’lishidan va mintaqadagi ta’sirining yana ham ortishidan tashvishlanmoqda.

Shu bois Saudiya arabistoniga tashrif buyurgan AQSh davlat kotibi Jon Kerri Saudiya tashqi ishlar vaziri Saud Faysal va Saudiya qiroli Salmon bin Abdulaziz bilan uchrashib, ularni tinchlantirdi. Kerrining ta’kidlashicha, yadro masalasi bo’yicha muzokaralarning davom etishi Eron bilan keng ko’lamli siyosiy va xavfsizlikka tayangan hamkorlikni anglatmaydi.

Saudiyada xamkasbi Saud Faysal bilan matbuot anjumani tashkil qilgan Jon Kerri “Eron bilan jiddiy kelishim holatida emasmiz. Bo’lib o’tgan yadro masalasi bo’yicha olib borilayotgan muzakaralar Ko’rfaz davlatlarining xavfsizlik borasidagi tashvishlariga javob beradi”, dedi.

Saudiya tashqi ishlar vaziri Saud Faysal ham Kerri Eron yadrosi borasida kafolat berganligini bildirdi. Kerrining kafolatiga ko’ra, Voshington yadro bitimi izidan yurar ekan, Eronning mintaqadagi pozitsiyasini e’tiborsiz qoldirmaydi.

Eron Arab davlatlarining ishlariga aralashuvdan voz kechishi lozimligini ta’kidlagan Faysal “Eronning Yaman, Suriya va Iroq masalasiga aralashuvidan xavotirdamiz”, dedi.

Saudiya Arabistoni Eronning yadroviy qurolga ega bo’lishiga to’sqinlik qilish va uni nazorat ostiga olish borasidagi 5+1 davlatlarining faoliyatlarini qo’llab quvvatlashini bildirgan Faysal “Eron qo’shnilari bilan dushmanligi ortmasdan avval xalqi orasida sog’lom aql egalariga quloq solishi va Arab davlatlari ishlariga arashuvdan voz kechishi lozim”, deya qo’shimcha qildi.

Turkiston:

AQSh dunyoni shunaqangi iflos yo’llar bilan boshqarib keladi. U bir mintaqa uchun atayin bir necha muammolar paydo qilib, keyin o’zi o’sha muammoli davlat yoki rejimni nazoratda ushlab, mintaqa ximoyachisiga aylanadi. Saddam Xusayn rejimi, Al Qoida tashkiloti, IShID tashkiloti Eron davlati va xokazo.

Saudiya qirolligi va yana bir qator etakchi Arab davlatlaridagi yuqori ta’lim o’quv dargoxlarida, Dunyo sistemasi tomonidan Sun’iylarni Shialarga qarshi nafrat paydo qiladigan programma tuzib berildi. Bir necha o’n yillar mobaynida davom etgan bu yo’nalishdagi ta’lim programmasi, AQSh uchun Musulmonlarni bir necha bo’laklarga bo’lib yuborish va ularni bir birlariga qarshi urush qilishga undash siyosatida qo’l keladigan buzuq muxit yaratib berayapti.

Saudiya qirolligi o’zining eng yirik savdo ittifoqchisi bo’lgan Angliyaning maslaxati bilan neft narxini tubanlatish orqali, AQShning slans neft ishlab chiqarish sanoatini inqirozga uchratib to’xtatib qo’ygan edi. Natijada AQShning Yevropani slans nefti bilan ta’minlash orqali o’ziga bo’lgan tobe’ligini kuchaytirib olish imkoniyatida muammolar paydo bo’ldi. Shuning uchun AQSh Saudiyani Eron orqali qo’rqitishga xarakat qiladi. U Eronni kuchaytirish bilan bira to’la YeIni xam qo’rqitishga muvaffaq bo’ladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.