“Qumtor” masalasi dolzarbligicha qolmoqda

419
0

O’tgan haftada bo’lib o’tgan parlament yig’ilishida Jogorku Keneshdagi uchta fraktsiya “Qumtor” masalasini xal etish uchun bir oy muxlat bergan, agar shu muddat ichida bu masala xal etilmasa hukumat iste’foga ketishi haqida ogohlantirishgan edi. Bu yig’ilishda parlamet deputatlari hukumatdan Kanadaga qarashli “Centerra Gold Inc” kompaniyasi foydalanayotgan “Qumtor” oltin konidagi Qirg’iziston ulushini 70 foizga etkazish yoki “Qumtor” konini milliylashtiri`sh masalasini xal etishni talab qilgan edi.

Qirg’iziston parlamenti “Qumtor” masalasini qayta ko’targanidan bir hafta o’tmay Kanada sudi “Centerra Gold Inc” kompaniyasidagi Qirg’izistonga tegishli bo’lgan 6,5 million dona aktsiyani hibsga olish haqida hukm chiqardi. Kanadadagi Ontario oliy sudining bunday hukm chiqarishiga latviyalik tadbirkor Valeriy Belokonning arz bilan murojaat qilishi sabab bo’lgani aytilmoqda.

O’tgan 2014 yilning 24 oktyabr kuni Parij arbitraj sudi Belokonning arizasi asosida qirg’iz hukumati tadbirkorga 16,5 million dollar to’lashi haqida hukm chiqargan edi. Mana shu hukm asosida Kanada sudi aktsiyalarni vaqtinchalik muzlatib turish to’g’risida qaror qabul qildi.

Bundan tashqari o’tgan yilning 14 oktyabrda “Stans Energy” kompaniyasi da’vosi asosida Kanadaning Ontario sudi “Qumtor” korxonasidagi Qirg’izistonning 60 foizlik yoki 47 million dona aktsiyasini hibsga olgan edi. Qirg’izistonning “Centerra Gold Inc” kompaniyasida 33 foiz ulushi bor bo’lib, bu umumiy hisobda 77 million 400 ming dona aktsiyani tashkil etadi. Avvalgi 47 million dona aktsiyaga Belokonning arzi bo’yicha hibsga olingan 6,5 million aktsiyani qo’shib hisoblansa ayni vaqtda 53,5 million dona aktsiya Qirg’iziston uchun foydasiz bo’lib qolmoqda.

Turkiston:

AQSh boshchiligida tashkil etilgan Birlashgan millatlar tashkiloti faqat yirik davlatlar manfaatlarini himoya qiluvchi turli tuman xalqaro qonunlarni qabul qilish orqali Qirg’iziston singari “uchunchi olam” davlatlarini siyosiy, iqtisodiy jihatdan qaram va qashshoqlikdan boshini chiqarmaslik va bu kabi davlatlarni faqat xomashyo bazasi sifatida ushlab turishga xizmat qilib kelmoqda.

Qirg’iziston hukumati ham endigina mustaqillikka erishgan yillari yirik davlatlar ajratgan arzimagan yordam pullariga ega chiqish ilinjida bunday xalqaro qonunlarni mazmun mahiyatiga etmay duch kelgan xalqaro kelishuvlarga imzo chekavergan edi. Bugunga kelib o’sha kelishuvlar “o’z mevalarini” bermoqda.

“Qumtor” oltin koni bo’yicha erishilgan kelishuv ham Qirg’iziston hukumati yo’l qo’ygan xatolardan biri bo’lib, shu vaqtga qadar bu kelishuv asoratidan qutula olmay kelyapti. Bundan tashqari yana boshqa bir qator kompaniyalar Qirg’izistonga nisbatan xalqaro sudlarga murojaat qilishi ortidan, qirg’iz hukumati xorijiy kompaniyalarga 1 milliard dollar miqdorida jarima to’lashi to’g’risida hukm chiqarilgan.

Nafaqat Qirg’iziston hukumati, balki mustamlakachi davlatlar zulmi ostida ezilgan islomiy yurtlar uchun bu muammolardan qutulishining birdan-bir yo’li botil kapitalistik tuzum kishanlarini parchalab tashlash, mustamlakachi davlatlar tomonidan qo’yilgan har qanday xalqaro qonunlarni rad qilish va bunday botil tuzum o’rniga barcha insoniyatni xotirjamlik va farovonlikka olib chiquvchi Xalifalik davlatini barpo qilish orqaligina amalga oshadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.