Qozog’istonda muddatidan avval prezidentlik saylovlari o’tkaziladi

464
0

“CA-NEWS” nashrining xabar qilishicha, Qozog’iston Xalq Assambleyasi mamlakatda muddatidan avval prezidentlik saylovini o’tkazish tashabbusini ilgari surgan. Shanba kuni Ostonada Qozog’iston Xalq Assambleyasi (QXA)kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tib, unda delegatlar bir ovozdan mamlakatda muddatidan avval prezidentlik saylovi o’tkazish tashabbusini qo’llab-quvvatlagan.

“Bunga sabab – 2016 yilda jahon moliviy inqirozining eng kuchaygan vaqti bo’lishi kutilmoqda va dunyodagi murakkab geosiyosiy vaziyatni hisobga olgan holda, ushbu tashabbus o’z vaqtida ilgari surildi”, – deydi senator Kuansh Sultanov.

QXAa’zolarining mamlakat aholisiga qilgan murojaatida “murakkab global vaziyatni hisobga olgan holda mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboevga yangi umummilliy ishonch bildirish lozim”ligi ta’kidlanmoqda.

“Dunyoda yangi va murakkab beqarorlik kechayotgan bir vaqtda Nazarboevga ishonch bildirish lozim bo’lib, bunda mamlakat o’zining strategik yo’lidan adashmasligi va davlatning keng ko’lamli modernizatsiya yo’li davom etishi hamda dunyodagi 30 ta eng kuchli davlatlardan biriga aylanishini ta’minlash muhimdir”, – deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari QXA a’zolari 2016 yilda prezident saylovi va parlament saylovini o’tkazish bir muddatga to’g’ri kelib qolayotganini hisobga olgan holda, ularni bir-biriga xalaqit qilmasligini va Konstitutsiya normalari ijrosini ta’minlagan holda saylovlarni turli vaqtlarda o’tkazishni maqsadga muvofiq deb hisoblamoqdalar.

Ma’lumki, Qozog’istonda o’tgan safargi prezidentlik saylovi ham muddatidan avval 2011 yilning 3 aprelida o’tkazilgan edi. Unda amaldagi prezident nomzodi bilan birga Qozog’iston Kommunistik xalq partiyasi markaziy qo’mitasi kotibi Jambil Axmetbekov, Qozog’iston Vatanparvarlar partiyasi raisi parlament senati deputati Gani Kasimov va «Tabigat» ekologik tashkiloti etakchisi Mels Yeleusizovlar nomzodlari ko’rsatilgan edi. Saylov natijasiga ko’ra, Nursulton Nazarbaev 95,55 %,, Gani Kasimov — 1,94 %, Jambil Axmetbekov — 1,36 %, Mels Yeleusizov — 1,15 % ovozga ega bo’lgan.

Turkiston:

Nazarboevning prizident saylovini ilgari surishi, asosan bir narsadan darak beradi. YeVROZYeS tashkilotiga a’zo davlatlarini og’ir kunlar kutadi.

Xalqning yashash darajasi tubanlashadi. Bu Rossiyaning inqirozida, uning qismatiga sherik bo’lishga majbur bo’lgan tashkilot a’zolarini kutayotgan deyarli qaytmas jaroyon bo’lib kelmoqda. Fuqorolarning yashash darajasini pasayishi, bir qator noroziliklar keltirib chiqarishi aniq. Nazarboev bu norozi kuchlarga qarshi ayovsiz choralar ko’rishi muqarrar. Bu esa, saylov oldida uni, xalq oldida obruysizlanishiga olib boradi. Shuning uchun Nazarboev u kun kelganida, xalqidan saltanat so’raydigan xolatda bo’lishni xoxlamaydi. U xalqini kerak bo’lsa qirib yuborishi mumkin bo’lgan imkoniyatda bo’lishni xoxlaydi. Keyingi saylovgacha, temir tartibni yanada mustaxkamlab ulgurishi kerak. Shuning uchun u saylovni tezlatishga urinayapti. U o’zining avtoritar rejimini yanada kuchaytirmoqchi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.