Tal’at Tojiddin: Qizlarning maktabga rumol o’rab borishi majburiy emas

1052
0

2014 yilning oktyabr oyida Rossiyaga tobe Mordoviya avtonom respublikasining mahalliy mahkamasi o’rta va oliy o’quv yurtlariga rumol o’rab kelishni ta’qiqlab qaror chiqargan edi. Musulmon aholining qattiq noroziligiga uchragan bu qaror Rossiya oliy sudiga ko’rildi, biroq oliy sud mahalliy mahkama qarorini o’z kuchida qoldirdi.

Bu holatga o’z noroziligini bildirib Rossiya oliy sudga murojat qilgan musulmonlarning talablari esa oliy sud tarafidan rad qilindi.

Qaror kuchga kirishi ortidan muslima qizlarga nisbatan bir qancha muammolar yuzaga kela boshladi. O’z e’tiqodida mustahkam turgan ba’zi muslima qizlar maktabdan haydalgan bo’lsa, ba’zilari ilmiy musobaqalarga ishtirok etishdan mahrum qilindi. Ba’zilariga esa intizomiy jazolar qo’llandi. Shu bois Musulmonlar qizlarini maktabdan chiqarib olib o’ylarida o’zlari ta’lim berishga majbur bo’lishmoqda.

Musulima o’quvchi qizlarning o’quv yurlarida rumol o’rab ta’lim tarbiya olishlarini davom ettirishi bilan bog’liq tortishuvlar kunning asosiy mavzusiga aylangan bir paytda Rossiya musulmonlari diniy idorasining rahbari (Mufti) Tal’at Tojiddin kutilmagan bayonot bilan chiqdi. Rossiya muftisi Tal’at Tojiddinning fatvosiga ko’ra, muslima qizlarning maktabga rumol o’rab kelishi majburiy emas.

Mufti Tojiddin hijob Islom dinida faqat Rosululloh s.a.v.ning ayollari uchun buyurilganligini qayd etdi. Muftiga ko’ra, muslima qizlarning rumol o’rab yurishi axloqqa oid masaladir. Rossiya muftisi o’zining bu so’zlarini “Alloh sizning vujudingizga emas, qalblaringiz va amallaringizga qaraydi”, degan hadisi sharifni dalil qilib keltirishga harakat qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.