Uch davlat tashqi ishlar vazirlari uchrashuv o’tkazdi

430
0

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I va Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaradj Xitoy poytaxti Pekinda uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuvda mazkur uch davlat o’rtasidagi o’zaro hamkorlik masalalari ko’rib chiqildi. Dunyo barqarorligi va xavfsizligi bilan bir qatorda xalqaro iqtisodiy muammolar ham muhokama qilingani aytilmoqda.

Sun’iy yo’ldosh kanallari orqali tarqatilgan xabarlarga ko’ra, mazkur uchrashuvdan Osiyo-Tinch okeani mintaqasining xalqaro mavzulardagi rolini kuchaytirish ko’zda tutilgan. Shuningdek bu uchrashuv Sharqiy Osiyo sammiti, Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi (ASYeAN) va Osiyo-Yevropa sammiti (ASYeM) nazdida Rossiya-Xitoy-Hindiston orasidagi koordinatsiyasini rivojlantirish maqsadida Rossiya, Xitoy va Hindiston tashqi ishlar vazirlari tarafidan o’tkazilganligi aytilmoqda.

Rossiya tashqi ishlar vaziri bu uchrashuv asnosida Hindistonlik hamkasbi Sushma Svaradj bilan alohida uchrashuv o’tkazdi. Ikki davlat o’rtasidagi energiya, texnologiya i innovatsiya sohalaridagi loyihalarni amalga oshirish va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun tashlanishi mumkin bo’lgan qadamlar ustida kelishib olindi.

Shuningdek Lavrov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham alohida uchrashuv o’tkazdi. Lavrovning ta’kidlashicha, Rossiya va Xitoy o’rtasidagi aloqalar shu kunlarda eng yuqori darajaga ko’tarilgan.

“Ikki davlat o’rtasidagi aloqalar avval yuz bermagan rivojlanish bosqichidan o’tmoqda”, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Xitoy prezidenti Si TSzinpin o’rtasida kelishilgan bitimlarni hayotda ijro qilish uchun ikki davlat tashqi ishlar vazirlarining xizmati katta bo’lganligiga urg’u berdi. Van I Moskva bilan strotegik aloqalarni va yuqori darajali hamkorlikni kuchaytirish istagida ekanligini bildirdi.

Lavrov Pekinda Xitoy prezidenti Si TSzinpin bilan ham uchrashdi. TSzinpinga Putinning salomini etkazgan Lavrov “ikki davlat prezidentlari tarafidan amalga oshirilgan shartnomalar o’zaro munosabatlarning barcha sohalarda rivojlanishi uchun mustahkam poydevorni vujudga keltiradi”, dedi.

Turkiston:

Xozirda Rossiyaning energetik xomashyo ustiga qurilgan iqtisodiy sistemasini, Xitoy va u orqali Xindiston tomon kengayish bilan, vaqtincha bo’lsada stobillashtirishga xarakat qiladi. Bu kengayish unga siyosiy tomonlama xam o’ta muxim. Lekin Rossiyaning iqtisodining vaqtinchalik stobillashishi masalasi, uning Xitoy va Xindiston uchun faqat xom ashyo bazasiga aylanib olishi bilan bog’liq. Negaki ular xozirda dunyoda iqtisodiy sanoatlarining rivojlanish ko’rsatkichlarining o’sish darajasi bo’yicha eng ilgarilar qatoriga kirib borayotgan davlatlar turkumidan xisoblanishadi. Shuning uchun Rossiya ularni ko’proq energetik xamkor sifatida o’ziga jalb qilishga zo’r berib xarakat qiladi. Chunki Rossiya nafaqat Xitoy balki Xindiston bozorlarini xam allaqachon boy berib bo’lgan. U xozir aksincha ular uchun o’ta manfaatli bozor sifatida qaralmoqda. Demak xozirgi vaziyatda, ular o’rtalarida tovar ayriboshlash ko’proq Rossiyaning xom ashyo eksportining evaziga, ular tomondan tayyor maxsulot import qilishi bilan yurgiziladi. Bu esa Rossiya iqtisodini sanoatlashish sari yo’naltirish siyosatini barbot qiladi. Yana investorlar, qo’shma korxonalar, bu faqat Putinning rejimining bankrot xolatidan chiqib ketishi uchun ishchilar o’rinlari paydo qilishga yordam berishi mumkin. Lekin Rossiya buning bilan agrar davlatga aylanib bitadi. Agrar davlat esa buyuk davlatlar safida bo’lishi mumkin emas.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.