Saudiya Qiroli Abdulloh olamdan o’tdi

762
0

Bir necha haftadan buyon shifoxonada davolanayotgan Saudiya Arabistoni podshohi qirol Abdulloh qariyb 90 yoshda olamdan o’tdi. Qirol zotiljam kasalligidan aziyat chekayotgan edi. 2005 yilda akasi Fathning o’rniga taxtni egallagan qirol Abdulloh “terror”ga qarshi kurashda hamda neft ta’minoti masalalarida AQShning strategik hamkori hisoblanadi. AQSh prezidenti Barak Obama qirolning o’limi munosabati bilan Saudiya Arabistoni xalqiga va qirol oilasiga hamdardlik bildirdi. Obama uni xavfsizlik va barqarorlik yo’lida ikki tomonlama munosabatlardan mohirona foydalana olgan rahbar deya ta’rifladi. AQSh davlat kotibi Jon Kerri ham Amerika yaqin do’stidan ayrilganligini ma’lum qildi.

“AQSh yaqin do’stidan ayrildi. Yaqin Sharq va butun dunyo esa yuqori martabali etakchidan ayrildi. Abdulloh ekstremizmga qarshi kurashda ham, tinchlik tashabbuslarini olg’a surishda ham bizning yaqin hamkorimiz edi”, dedi AQSh davlat kotibi Jon Kerri.

Qirol Abdulloh kasalxonada to’shakda mixlanib vafot etar ekan, uning mamlakat boyliklaridan yig’ib olgan 180 000 000 000 dollarlik shaxsiy boyligi banklarda qolib ketdi. Qirol o’zining chiqishlarida agar Falastinga o’z davlatini barpo etishiga yo’l qo’yib berilsa, Arab davlatlari ligasiga a’zo davlatlar Isroilni tan oladi” deb chiqqan edi.

Dunyo neft zaxiralarining 16 foiziga ega bo’lgan Saudiya Arabistoni Katta Yigirmalikka, shuningdek, Xalqaro savdo tashkilotiga a’zo. IShIDga qarshi kurash bahonasida Suriyadagi musulmonlarni bambordimon qilishda AQSh tuzgan koalitsiyaning faol ishtirokchisi hisoblanadi.

Qirol Abdullohning vafotidan so’ng uning taxtini 48 yil davomida Riyod viloyatini boshqargan 79 yoshli o’gay ukasi Salmon ibn Abdulaziz Saud egalladi. Salmon ibn Abdulaziz mudofaa vaziri bo’lgan paytda Saudiya arabistoni “Islomiy davlat” tashkilotiga qarshi Amerika boshchiligidagi harbiy ittifoqqa qo’shildi.

Mutaxassislarning fikricha, Saudiyaning yangi qiroli Salmon bin Abdulaziz akasi Abdulloh yuritgan siyosatni davom ettiradi. Uning o’zi ham televideniya orqali xalqqa murojaat qilib sobiq qirol Abdullohning ishlarini davom ettirishini bildirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.