Ostonada Ukraina masalasi muxokama qilinadi

361
0

Ostonada 15 yanvarda Ukrainadagi vaziyat masalasida Rossiya, Ukraina, Germaniya va Frantsiya vakillarining yuqori darajadagi uchrashuvi bo’lib o’tadi.

Mazkur uchrashuv haqida AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Jen Psaki Ukraina masalasida yaxshi tomonga o’zgarish bo’lishiga umid bildirdi.

U Vashingtonning mazkur muzokaralarda ishtirok etishi rejalashtirilmagani, ammo AQSh uchrashuvning qanday samara bilan yakunlanishini kuzatishini ma’lum qilgan. Shuningdek Psaki “Rossiya va ayirmachilar o’z majburiyatlarini bajarishlari lozimligini” ta’kidlagan.

Jurnalistlar savollariga javob berar ekan Psaki, Rossiyaga nisbatan sanktsiyalar amalda Ukraina masalasida “ilgari siljishlar” bo’lgandagina yumshatilishini aytib o’tgan.

Turkiston:

Qrim anneksiya qilinishi ortidan AQSh boshchiligida Rossiyaga qarshi xalqaro jazo choralarining joriy qilinishi va neft narhlarining jahon bozorida tushib ketishi Rossiya iqtisodini izdan chiqishiga va rublni keskin qadrsizlaishiga sabab bo’ldi. Bu xodisalar ortidan ayrim taxlilchilar Rossiyani 2015 yilda turg’unlik davri kutib turgani haqida bashorat qila boshlashdi.

Vladimir Putin Rossiyani bugungi holga tushib qolishiga asosiy sababchi o’zi bo’lsada, ammo xalq e’tiborini chalg’itish uchun bunga AQSh va G’arb davlatlari tomonidan qo’llanilayotgan jazo choralari sabab bo’layotgandek ko’rsatishga harakat qilmoqda. Hatto Putin Federal Majlis oldidagi yillik murojaatida G’arbga nisbatan ochiqchasiga tahdid ham qilib ko’rdi, biroq, AQSh va Yevropa davlatlari uning bu tahdidiga ortiqcha e’tibor qaratishmagach, ortga chekinishga majbur bo’ldi va o’zi bilan G’arb o’rtasida vositachilik qilishga Nazarboevni jalb qildi.

Nazarboev o’ziga topshirilgan vazifani 2014 yilning 5-6 dekabr kunlari Qozog’istonga kelgan Frantsiya prezidenti Fransua Olland bilan Vladimir Putin o’rtasida uchrashuv tashkil etishdan boshladi. Fransua Olland Parijga qaytishda Moskvada to’xtab o’tdi. Putin va Olland “Vnukovo-2” aeroportida 2 soatga yaqin “qizg’in” suhbat o’tkazishdi. Mazkur uchrashuvdan so’ng ikkala prezident ham o’tkazilgan uchrashuvning foydali bo’lgani, Urainadagi krizis tinch yo’llar bilan echilishi haqida fikr alamashganlarini urg’ulovchi bayonotlar tarqatdilar. Putin esa, Ukrainaning butunligi saqlanib qolishi kerakligini ham gapirib o’tdi.

Shundan so’ng Nazarboev 22 dekabr kuni Ukrainaga rasmiy tashrif bordi va o’zini Rossiya va Ukraina o’rtasida vositachilik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. 15 yanvar kuni Ostonada bo’lib o’tadigan uchrashuv ham Nazarboevning Ukrainaga qilgan safari doirasida belgilangan bo’lib, bu uchrashuvda Rossiya jazo choralaridan qutulish uchun Ukrainaga nisbatan egallagan pozitsiyasidan chekinishi ehtimoli bor. Ammo AQSh uchun esa osasiy masala Qrim ki Ukraina emas, balki Rossiyani dunyo siyosatidan butunlay chetlatib yuborishdan iborat.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.