Suriya masalasida Moskvaning tashabbusi

468
0

Keyingi paytlarda Rossiya Suriyadagi inqirozni hal qilish uchun ba’zi diplomatik harakatlarga qo’l urar ekan, BMT bu harakatlarga e’tiborsiz emasligini ko’rsatdi. Suriya rejimi bilan muxolifat orasida kelishimga erishish maqsadida AQSh va BMT boshchiligida Jnevada tashkil qilingan uchrashuvlar muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi. Biroq shunga qaramay, Rossiya tashabbusi bilan bu jarayonning yangidan boshlanishi diqqatni tortdi.

BMTning Suriya masalasi bo’yicha xos vakili Steffan De Mistura ham yanvar oyi ichida Moskvada o’tkazilishi rejalashtirilgan va Suriya rejimi bilan muxolifati orasida muzokaralar o’tkazilishi kutilayotgan uchrashuvlarda ishtirok etadi. Bu haqida Misturaning so’zchisi ma’lum qildi.

Suriya muxolifatining vakillari o’tgan dekabr oyining boshida Rossiyaning poytaxti Moskvaga borib 15 dekabrgacha u erda qolgan edi. Suriyalik hay’at bu davrda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning xos vakili Mixail Bogdanov bilan uchrashuvlar o’tkazdi.

Muxolifat vakillarining yana takror Moskvaga kelishlari kutilmoqda. Xabarlarda aytilishicha, bu erda avvalo muxolifat vakillari o’rtasida o’zaro uchrashuvlar bo’lib o’tadi. Undan so’ngra Rus mas’ullarining rejasi amalga oshiriladi. Ya’ni Suriya rejimi bilan muxolifati o’rtasida muzokaralar o’tkaziladi.

Bogdanov tarafidan chiqarilgan bayonotda aytilishicha, Suriya muxolifati vakillari, ya’ni Suriya ichkarisida va tashqarisida faoliyat yuritayotgan muxolifat vakillaridan 20-25 nafari Moskvaga kelib uchrashuv o’tkazishlari rejalashtirilgan. Bagdanovga ko’ra, bu uchrashuv Jeneva bitimini amalga oshirish uchun zamin hozirlaydi.

“Biz eng foydali deb bilgan kelishimlar amalga oshgandan so’ng taraflar 30 iyunda o’tgan Jeneva bitimining hayotga tatbiq qilinishi xususida kelishib olishiga ishonchimiz komil”, dedi Bogdanov.

Shuni eslatib o’tish lozimki, Suriya milliy kengashining sobiq rahbari Muoz al-Xatib ikki oy avval Moskvaga safar qilgan va bu safari ortidan Bashar Asad rejimi bilan muzokara stoliga o’tirishi mumkinligi haqida bildirgan edi.

Turkiston:

Rossiya AQShga xushomad qilmoqchimi yoki o’zini hali ham xalqaro siyosiy maydonida nufuzli qilib ko’rsatishga urunmoqdami?

Suriyada uning deyarli hech qanday manfaati qolmadi. Qolgan bo’lsa ham, manfaat olib kelmay qo’ygan. Rossiya hozirgi ahvolida Suriyada yana biror manfaatni ko’zlashi ham mantiqdan yiroq. Demak u o’zining ichki muammolarini biroz bo’lsa ham o’nglab olish maqsadida, AQShning ishlariga yordam berib yubormoqchi. Chunki Ukraina muammosi AQShga to’g’ridan to’g’ri bog’liq ekani hatto Putinga ham sir bo’lmay qoldi.

Suriyada muxolif kuchlar bilan Asad rejimi o’rtasini isloh qilishdan nima foyda. AQShni Shomdagi hozirgi giopolitik bo’lingan holat qanoatlantiradi. Endi uning uchun quvvatlar o’rtasidagi muvozanatni ushlab turish muammosi qoldi. Shu ishni u Asadning rejimini saqlab qolish bilan amalga oshirmoqchi. Asad tomonini Rossiyaning yordami bilan, xuddi ilgarigidek quvvatlab turish tayanchi vazifasiga qo’yib olmoqchi. Balki Eronni ham tortar.

Bu muvozanatni nima keragi bor? Aslida bu muvozanat kuchlarning mavjud bo’lib turishining o’zi Rossiyaning qulatishga ishlaydi. Chunki hozirda AQSh IShID bilan Saudiya va yana bir qancha Arab o’lkalarini qo’rquvda ushlab turibdi. Bu qo’rquv ularni neft bahosini AQShning manfaatiga binoan, o’zining ziyoniga pastirishga majbur qilmoqda. Rossiyaning halokati, ana shu neftning narxiga chambarchas bog’lanib qolgan.

Lekin nega Rossiya shularni bilgan holida Suriyadagi bu ishlarga rozi bo’ladi. Demak uning hozirdagi ahvoli, ishlarni o’zining xohishiga yoki manfaatiga muvofiq tanlash darajasida emas.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.