Jalolobot oblast adminstratsiya idorasi, Qamchibek Toshiev tarafdorlari tomonidan bosib olingan

395
0

jalab0804_3

24kg axborot agentligi tarqatgan ma’lumotlarga ko’ra: Jalolobot oblast adminstratsiya idorasi, Qamchibek Toshiev tarafdorlari tomonidan bosib olingan. Ma’lumotga ko’ra ular 200 yoki 300 kishidan oshmaydi. Kuch strukturalari tomonidan ularga hech qanday qarshiliklar xozirgacha ko’rsatilgan emas emish.

Turkiston:

Bu xarakatlar davlat uchun qanchalik xavf tug’dirishi mumkin? Xozirda shu savol hammani qiziqtirishi tabiiy.

Bu xarakatlar, davlatni to’nkarish loixasi yoki taraddudi bilan boshlangani yo’q. Lekin ba’zi kuchlar ma’lum darajadagi muvaffaqqiyatni ko’rib bularni yangi davlat ag’darish tomon etaklab ketmasa, ushbu xarakatlar davlat uchun katta tashvish olib kelmaydi. Chunki ularda unaqangi maqsad ko’tarilgani ham yo’q, davlatga qarshi alternativ e’lon qilingan davlat strukturasi ham yo’q.

GKNB bu xarakat liderlarini ham, xuddi Tashievni chalg’itganidek chalg’itib, bir necha qonunbuzar etakchilarni qamoqqa olish bilan tugatishi ham mumkin. Lekin AQShparast kuchlar ham, Manasdagi aviabaza masalasining echimiga ta’sir ko’rsatish maqsadida, moddiy qo’llovga olib rivojlantirib yuborishi xam mumkin.

Demak muammo xozirgi xarakatlarning o’zida emas, balki vaziyatdan foydalanib qolishi mumkin bo’lgan atrof kuchlarining xarakatlaridan kelib chiqishi mumkin. Shularni bilib, xavotirda bo’lgan davlat boshchisi, kuch strukturalarini aralashishlariga yo’l qo’ymadi. Negaki G’arb matbuoti va inson huquqlari tashkilotlari shuni kutishayotgani aniq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.