Yevroosiyo ittifoqi kuchga kirdi

513
0
Eski sovet ittifoqi tarkibida bo’lgan Rossiya, Qozog’iston va Belorusiya boshchiligida tashkil qilingan Yevroosiyo ittifoqi yanvar oyining boshidan e’tiboran kuchga kirdi. Belorusiya prezidenti Aleksandr Lukashenko Yevroosiyo integratsiyasining yangi boshlang’ichi sifatida tashkil qilingan ittifoqning ilk rahbari etib tayinlandi.
O’tgan may oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboev va Belorusiya prezidenti Aleksandr Lukashenko tarafidan imzolangan bitimga binoan tashkil qilingan Yevroosiyo ittifoqiga birinchi bo’lib Armaniston a’zo bo’lgan. Bir qancha yuzaki bahs munozaradan so’ng Qirg’izistonning ham 2015 yil may oyida a’zo bo’lishi belgilandi.
O’zbekiston va Turkmaniston bu ittifoqqa a’zo bo’lmasligini bildirishgan. Tojikiston esa biroz avval o’ziga taklif kelib tushganligini va bu taklifni yuqori baholashini bildirgan edi.
Ba’zilar Yevroosiyo ittifoqini “sobiq sovet ittifoqini yangidan jonlantirish”, deya baholab unga nisbatan tanqidlar yog’dirgan edi. Bu mavzuda Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarbav sovet ittifoqining yangidan qayta tiklash mumkin bo’lmagan ish ekanligini ta’kidlar ekan, bunday fikr yurituvchilarni axmoqqa chiqardi.
“Faqat esi pastlar bojxona ittifoqi sobiq sovet ittifoqini jonlantirish va qayta tiklash maqsadida tashkil qilingan, deb o’ylashi mumkin”, dedi Qozog’iston prezidenti.
Bu ittifoqning da’vo qilishicha, 180 millionlik aholiga xitob qilib, o’ziga a’zo bo’lgan davlatlarning fuqarolariga erkin tijorat va ish topish imkoniyatini taqdim qiladi.
Yevroosiyo ittifoqi Qozog’iston o’z mustaqilligini e’lon qilgan paytlarda ilk bor prezident Nazarboevning og’zidan chiqqan edi. Bu taklifning shakli va mohiyati biroz o’zgartirilib 2014 yilda Putinning loyihasi sifatida faoliyatini boshladi.
Bugungi kunda Putin va Nazarboev Qozog’istonda birinchi atom elektro stantsiyasini barpo etish to’g’risida kelishib olish uchun uchrashuv o’tkazishi kutilmoqda.
Turkiston:
Nazarboevning gapi to’g’ri, Sovetlar ittifoqi endi qaytmaydi. Yevroosiyo ittifoqi butunlay boshqa, yangi ittifoq. Sovet ittifoqi, bir mabda ustiga qurilgan mamlakat edi. Uning mabdasi xato bo’lishiga qaramay, o’zining a’zolari o’rtalarini muvofiqlashtirib, bog’lab, tashqi va ichki tajovuzlardan saqash garovi bo’lib turar edi. U davlat tarkibidagi mamlakatlar o’zlarini xotirjam sezishar edi.
Yevroosiyo ittifoqi, SSSR o’z zimmasiga olgan kafolatlarni va’da qilayotgani yo’q. U, ya’ni Rossiya, yuqoridagi kafolatlarni bera olmaydi. Rossiya faqat hozirda boshiga tushib borayotgan ofatlardan qutilib olish maqsadida, bu tashkilotdan imkoniyat doirasida maksimal foydalanib qolish uchun, unga a’zo davlatlarni bir hudud qilib, tashqari olamdan imkon qadar izolyatsiyalab, o’zi uchun yangi bozor paydo qilib olmoqchi. Rossiyaning maxsulotlari, mobodo qaytadan ishga tushirilganida ham, dunyo talabidan ancha ortda qolib ketti. Rossiya jahon bozori bilan raqobatlasha olmaydi. Demak u, Yevroosiyo hududini yashash darajasini pasaytirishi lozim. Faqat shudagina ularni o’z mahsulotlari bilan ta’minlay oladi. Shuning uchun u, imkoni boricha birin ketin tashqi mahsulotlarga bo’lgan to’lovlarni qimmatlatib boradi. Qaysi mahsulotga qachon va qancha to’lam belgilanishi ham, Rus mahsulotining talablarga nisbatan ishlab chiqarish imkoniyatiga ko’ra belgilanadi.
Tashkilotga a’zo davlatlarning xavfsizliklari yoki xalqaro siyosat tomonidan beriladiga boshqa har turli bosimlarini bartaraf etishdagi, muammolar muolajasida hamkorlik qilish haqida, hech qanday shartnoma yo’q. Chunki ittifoqqa a’zo davlatlarning deyarli barchasi, boshqa katta davlatlardan va xalqaro tashkilotlardan moliyaviy qarzlari yoki majburiyatlari bor. Bu tashkilot Sovet ittifoqini emas, ko’proq Rossiya imperiyasini eslatadi. Lekin yangi, demokratiya niqobi ostidagi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.