Rossiyadagi siyosiy mahbuslarning har beshtasidan bittasi Hizb ut-Tahrir a’zolaridir

414
0

 2014 yil 30 oktyabrda «Memorial» inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti Rossiyadagi siyosiy mahbuslarning ism-familiyalari ro’yxatini chop etdi. Unda 46 nafar mahbus nomlari keltirilgan bo’lib, ulardan to’qqiz nafari islomiy Hizb ut-Tahrir a’zolaridir.

 Shu ism-familiyalardan bittasi ham huquq faollarining Hizb ut-Tahrir a’zolarini siyosiy mahbuslar, deb bilishlariga asos bo’la oladi.

 Galiullin Rinat Fayzullovich. 1978 yil tug’ilgan. Taqiqlangan islomiy Hizb ut-Tahrir a’zosi. Hatto tergovda ham uning birorta kuch ishlatish amaliyotida ishtirok etganligi isbotlanmagan. Biroq shunga qaramay, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 1-qismi «Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi moddasida ko’rsatilgan jinoyatni sodir etishga moyillik va unga boshqalarni jalb qilish», 30-moddasi 1-qism, 278-modda «Konstitutsion tuzumni ag’darishga, shu bilan birga, hokimiyatni kuch bilan bosib olishga qaratilgan amaliyotlarga tayyorgarlik ko’rish», 282-modda 1-qism «ekstremistik tashkilot faoliyatini tuzish» moddalariga asosan u aybdor deya topilib, 6 yilu 6 oyga qattiq tartibli qamoq jazosiga, bir yil erkinlikni cheklashga va 150 ming rubl miqdorida jarima to’lashga hukm qilindi.

 Rinat siyosiy mahbus hisoblanganiga qaramay, kuch ishlatish amaliyoti sodir etish bo’yicha sud qilindi, voqeda bu mutlaqo yo’q narsa edi, bunday sudlov esa uning odil sudga erishish huquqini poymol qilish hisoblanadi. Buning ustiga, uni hibsda saqlab turish muddati mazkur da’vo ishi bilan muvofiq kelmagan. Shuningdek, «Memorial» inson huquqlari markazi bu nashr qilingan nomlar siyosiy mahbuslarning hammasi ham, so’nggisi ham emasligini ta’kidlaydi. Bu esa shuni anglatadiki, huquq faollari qamoqqa olingan yigitlarni faqat jinoiy ishlari ko’rib chiqilganlarinigina biladilar, qolgan hibsdagilarni bilmaydilar.

 Biz o’z navbatida, Hizb a’zolari ustidan ochilgan barcha jinoyat ishlariga taalluqli haqiqatlarga diqqatni jalb qilamiz. Chunki ishonchimiz komilki, bu mahkamalarning barchasi siyosiy repressiya doirasida olib borilmoqda va ularda na asos bor, na jinoyat dalili. Shundan kelib chiqqan holda, quyidagilarni bayon qilamiz:

 1 – Hizb ut-Tahrir a’zolarini qamoqqa olishda bu qamoqqa olishni na biror jinoyat turi, na jinoyat qurollari, na jinoyat o’rni va na jinoyat qurboniga bog’langan emas.

 2 – Hizb ut-Tahrir a’zolarini sud qilishga asos 2003 yil Oliy sud tomonidan chiqarilgan Hizb ut-Tahrirni terroristik tashkilotlar ro’yxatiga qo’shish qaroridir.

 3 – Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Hizb ut-Tahrir faoliyatida voqeda ham, haqiqatda ham mutlaqo zo’ravonlik mavjud emasligini yaxshi biladi. Aslida, u Hizbning siyosiy faoliyatidan ko’proq qo’rqadi.

 4 – Rossiya islomiy yurt bo’lmagani bois, u erda Hizb ut-Tahrir faoliyati faqat ta’limga cheklangan, uning siyosiy faoliyati musulmonlar manfaatini va islomiy qadriyatlarni himoya qilishga qaratilgan, Rossiyadagi hokimiyat poygasi Hizbni mutlaqo qiziqtirmaydi.

 5 – Shularning barchasi sababli yuqoridagi moddalarning birortasi asosida Hizb ut-Tahrir a’zolarini sud qilishga biror qonuniy asos ham, oqlov ham yo’q.

 Endi, 2003 yil Oliy sud tomonidan chiqarilgan Hizb ut-Tahrirni terroristik tashkilotlar ro’yxatiga qo’shish qarori haqida so’z yuritadigan bo’lsak, u ham Hizb a’zolarini jinoyatchilikda sudlashga yaramaydi. Shuningdek, o’sha paytda Oliy sud buni yopiq eshiklar ortida muhokama qilgan bo’lib, unda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati bilan bosh prokuraturasi ishtirok etgan, xolos, Hizb a’zolari ham, ularning advokatlari ham ishtirok etmaganlar. Ayni qarorni botil, deb hisoblash va hech qachon qonuniy deb e’tibor qilmaslik uchun mana shuning o’zi kifoya qiladi. Bundan tashqari, bu qaror jamoatchilikdan yashirin tarzda qabul qilingan, axborot vositalarida tarqatilmagan, faqat appelyatsiya talab qilish mumkin bo’lgan fursat tamom bo’lgandan keyingina tarqatilgan. Hizb a’zolarining barcha talablari ham, inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari yuristlarining mahkama qarori nusxasini berilishiga va appelyatsiya talab qilish mumkin bo’lgan fursat qayta berilishiga bo’lgan talablari ham, hamma-hammasi mutlaqo qondirilmadi. Shunday qilib, Rossiya o’z qonunlarini o’zi buzishi oqibatida olamshumul siyosiy Hizbni terroristik hizb, deya hisoblovchi birdan-bir davlatga aylandi.

 Rossiya jinoyat kodeksida terrorizm so’ziga bunday ta’rif berilgan: «Terrorizm – portlatish yo qasddan (binolarga va boshqa erlarga) o’t qo’yish yoki insonlar hayotiga xavf tug’diradigan amaliyotlar sodir etish yoxud mol-mulklarga sezilarli darajada talofat etishiga sabab bo’ladigan amaliyotlar sodir etish yoki ijtimoiy jihatdan boshqa xavfli oqibatlarga sabab bo’ladigan ishlarni sodir etish, bularni jamoatchilik xavfsizligiga tahdid tug’dirish yo aholini qo’rqitish yoki hukumat qarorlariga ta’sir qilish maqsadida sodir etish yoxud shu amaliyotlarni shu maqsadlarda sodir etishdir».

 Boshqacha ibora bilan aytadigan bo’lsak, terrorizm – biror siyosiy maqsad yo’lida zo’ravonlik qo’llash yo zo’ravonlik qo’llash bilan atigi tahdid qilishdir. Shularga binoan, Hizb ut-Tahrirni, ya’ni islomiy siyosiy Hizbni terroristik tashkilotlar ro’yxatiga kiritishga hech qanday sabab ham, oqlov ham yo’q. Binobarin, Hizb a’zolarini sud qilish uchun hech qanday qonuniy dastak ham mavjud emas. Demakki, bugun Hizb ut-Tahrirning Rossiya hibsxonalarida yotgan va mazkur qonun moddalari bo’yicha ayblov qo’yilgan – ellikdan ziyod – a’zolari ham siyosiy mahbuslardir hamda ularning hammasi faqat islomiy e’tiqodlari sababligina quvg’in va repressiyaga uchramoqdalar.

 Hizb ut-Tahrirning

 Rossiyadagi matbuot bo’limi

 Rasmiy sayt: www.hizb-russia.info

 Elektron pochta: mediaoffice.htr@gmail.com

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.