Atambaev korruptsiya bilan kurashni kuchaytirishni talab qildi

386
0

004973Almazbek Atambaev 31 oktyabr kuni Milliy xavfsizlik davlat qo’mitasi korruptsiyaga qarshi kurash xizmati direktori Bo’konbay Kazakov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Kazakov prezidentga dalvat va huquq-tartibot tuzilmalari, mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari hamda davlat ishtirokidagi tashkilotlar va korxonalarda korruptsiyaga qarshi kurash yo’lida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Uning aytishicha, joriy yilda tezkor materiallar va tekshirilayotgan jinoiy ishlar doirasida davlat byudjetiga 320 million 600 ming som qaytarilgan.

Prezident Almazbek Atambaev korruptsiyaga qarshi kurashning muhim ekanini ta’kidlab, bu illatga qarshi kurashni birinchi navbatda davlat boshqaruvi tizimlarida kuchaytirish kerakligini aytdi.

Turkiston:

Korruptsiya muammosi yangi qonun loyihalarini ishlab chiqish yoki jazo choralarini kuchaytirish bilan xal bo’ladigan muammo emas, balki bu choralar “yirtiqqa yamoq solish” bo’lib, botil tuzum umrini uzaytiradi xolos.

Agar Atambaev haqiqatdan ham bu muammodan qutulishni istasa, bu va boshqa barcha muammolarni asosi bo’lgan buzuq kapitalistik nizomdan tamoman yuz o’girishi lozim. Chunki aynan mana shu tuzum barcha ishlarni moddiy manfaat ustiga barpo etib, o’zi manfaatsiz deb xisoblagan barcha narsadan hech ikkilanmay voz kechadi.

Shuning uchun ham bolangizni bog’cha joylashtirishdan boshlab insitutda o’qitib, o’z mutaxassisligi bo’yicha ishga joylashgunga qadar faqat pora bilan xal bo’ladi. Pora evaziga o’qishga kirgan va pora evaziga ishga joylashgan kadr qilgan chiqimlarini o’rnini to’ldirish uchun albatta pora oladi.

Bu muammoni xal etishni birdan bir yo’li Islom shariatini hayotga qaytarish hamda odamlar o’rtasidagi aloqalarni manfaat asosida emas, aksincha halol va harom o’lovi bilan yurgizish bilan bo’ladi.

Savbon Nabiy (sallallohu alayhi va sallam”dan bunday deganlarini rivoyati qiladi:

“Alloh poraxo’rni ham, pora beruvchini ham, ikkalasi o’rtasida vositachilik qilganni ham la’natladi”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.