AQShning Afg’onistonga “g’amxo’rligi”

510
0

Joriy yilda Amerika Afg’onistondagi jangovor amaliyotlarini yakunlab, harbiylarini u erdan olib chiqib ketishni rejalagan. Ammo, AQSh hukumati Afg’onistonning kelajagi uchun “g’amxo’rlik qilib” ancha-muncha moddiy mablag’ ham ajratmoqda. Ko’rsatilayotgan moliyaviy yordam davom etishi uchun Afg’oniston hukumati Qo’shma Shtatlar tarafidan qo’yilgan talablarni bajarishi shart.

AQSh kelgusi 10 yil davomida Kobulga har yili kamida 5-8 milliard dollar miqdorida moddiy yordam berib turishini aytmoqda. Uning da’vosiga ko’ra, bu mablag’lar Afg’onistonni qayta tiklash uchun, ayniqsa, korrupsiyaga barham berish hamda giyohvand moddalar savdosini oldini olish uchun sarflanadi.

AQSh 2001 yil Afg’onistonga bostirib kirgandan beri mamlakatni qayta qurish uchun 104 mlrd. dollar sarflaganligini da’vo qilib keladi. Biroq Afg’oniston faqat vayronagarchilikdan boshqa narsani ko’rmadi.

Shuningdek, Afg’oniston uchun ajratilgan moddiy yordamlar mamlakat bo’ylab keng tarqalgan giyohvand moddalar savdosini cheklash uchun ishlatilishi alohida urg’ulanadi. Biroq voqega qaraladigan bo’lsa, AQSh va NATO kuchlari tarafidan ishg’ol qilinishi ortidan Afg’onistonda geroyin tijorati avvalgiga qaraganda 40 barobarga ortgan.

Afg’on axborot agentliklari tarqatgan xabarga ko’ra, Afg’onistonda ekilayotgan giyohvand moddalardan Vashington ko’rayotgan daromadlar Afg’onistonda sarf etilayotgan xarajatlardan bir necha barobar ortiqdir. Agentlikka ko’ra, Amerika Afg’onistonda ekiladigan giyohvand mahsulotlardan yiliga 50 milliard dollar foyda ko’radi.

Kanadalik taniqli jurnalistlardan biri Erik Valberk ham o’zining maqolasida “Afg’onistonda 2001 yil 185 tonna giyohvand modda etishtirilgan bo’lsa, bu miqdor 2006 yilda 6100 tonnaga etdi. 2007 yilda esa qariyb dunyodagi geroining 93 foizi Afg’onistonda ishlab chiqarildi” deb yozdi.

Aynan shu mavzuda Hizbut Tahrir – Afg’oniston viloyati bir bayonot chiqardi. Bayonotda jumladan shunday deyiladi:

AQShning Afg’oniston bo’yicha xos taftish bo’limining bildirishicha, Afg’onistonda giyohvand moddalar ishlab chiqarilishiga qarshi AQSh hukumati 7,6 milliard dollar safr qilgan bo’lsa ham giyohvand moddalar ishlab chiqarish avvalgiga qaraganda ancha ortgan.

Avvalida ishlab chiqarish yiliga 138 tonnani tashkil qilgan bo’lsa, hozirga kelib 5500 tonnaga etdi. Xususan giyohvandlarning soni 2005 yilda 130 mingni tashkil qilgan bo’lsa 2014 yilga kelib 1,3 millionga etdi. Bu xavotir uyg’otuvchi raqamdir. AQSh ham, Britaniya ham giyohvand moddalar savdosidan ulkan daromadlar ko’rmoqda.

Shu sababli bu mustamlakachilarning Afg’onistonda mavjud bo’lib turishi giyohvand moddalar ishlab chiqarish hajmining ortishiga bevosita bog’liqdir. Shuning uchun bu salbchilar zaminimizdan butunlay quvib chiqarilmas ekan, yoshlarimiz giyohvandlik balosidan qutila olmaydi. Biz ham kelajakda yana ham ortadigan siyosiy beqarorlikdan qutila olmaymiz.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.