Angliya harbiylari Afg’onistonni tark etdi

598
0

G’arbning katta sondagi qo’shinlari ommaviy ravishda Afg’onistondan safarbar qilinmoqda. Britaniya kuchlari yakshanba kuni Afg’onistondagi vazifasini tamomlaganligini e’lon qilar ekan, u erdagi jangovor amaliyotlariga yakun yasab, oxirgi harbiy bazasini afg’on xavfsizlik kuchlariga topshirdi.

Afg’onistonning Helmand viloyatida joylashgan Britaniyaga qarashli harbiy bazada o’tkazilgan marosimda Birlashgan Qirollik bayrog’i tushirildi.

Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fallon Angliya matbuotlarida tarqatilgan bayonotida bildirishicha, Afg’onistonda ba’zi xotalarga yo’l qo’yilganligiga qaramay, Britaniya kuchlari 2001 yildan buyon bir qancha ishlarda muvaffaqiyat qozongan.

Maykl Fallon ingliz askarlari Afg’oniston barqarorligi va kelajagi uchun qo’llaridan kelgan ishni qilganliklarini qayd etar ekan, G’arb kuchlari 13 yildan buyon Tolibon harakati ustidan g’alabani qo’lga kirita olmaganligini tan oldi.

“Tolibon harakati to’liq mag’lub etilmadi. Ammo bugundan e’tiboran xavfsizlikni ta’minlash uchun barcha mas’uliyat afg’on kuchlari zimmasiga yuklatiladi”, deya ma’lum qildi.

Britaniya Afg’onistonda muassasalar tashkil qilishga doir dastaklarini davom ettirishini aytib o’tgan Maykl Fallon Afg’onistonning ayoqqa turishi uchun ham yordamlarini ayamasligini bildirdi. Maykl Fallonga ko’ra, Helmanddagi Kemp Bastion harbiy jamlog’i yopilgan bo’lsa ham, maxsus kuchlar va harbiy maslahatchilar Qobulda qoldiriladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 2001 yildan buyon Afg’onistonda 453 ingliz harbiysi halok bo’lgan. 13 yil ichida 140 ming ingliz askari harbiy xizmatini o’tagan Afg’onistonda Birlashgan qirollik Afg’onistondagi amaliyotlari uchun 19 milliard dollar sarfladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.