Putin: Yanukovich poytaxtni tark etib xato qilgan

331
0

nmnnm Valday xalqaro bahs klubi Sochida tashkil qilgan yig’ilishda nutq so’zlagan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich mamlakatda notinch vaziyat yuzaga kelgan paytda poytaxtni tark etib xato qilganligini urg’uladi. O’sha paytda Yanukovich bilan telefon orqali suhbat o’tkazganligi haqida gapirgan Putin, Yanukovich Yevropa davlalarining va’dalariga ishonib shu ahvolga tushganligiga ishora qildi.

 “O’sha paytda Yanukovich menga fevral bitimini imzolaganligini aytib, vaziyat biroz tinchiganligi va konferentsiyaga ishtirok etish uchun Harkovga borishni rejalashtirayotganligini bildirdi. Men bu holatdan tashvishlanib, – bunday vaziyatda poytaxtni tashlab ketsa bo’ladimi – deb so’radim. U esa – menimcha bo’ladi. O’rtada imzolangan bitimlar bor. Yevropa davlatlarining tashqi ishlar vazirlari bu bitimlar uchun kafolat berdi – deb javob berdi”, “Yevropa davlatlari tashqi ishlar vazirlarining imzolari bo’lishiga qaramay, Yanukovich Kievdan chiqishi bilan qurol ishlatish yo’li bilan hukumat binolari egallab olindi”, dedi Rossiya prezidenti.

 Shuningdek, Putin avval boshdan Ukrainaning Yevropa ittifoqiga a’zo bo’lishiga aloqador bir qancha mavzularda bahs munozaralarga kirishish istagi borligini bildirdi. Putinning bildirishicha, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lishi haqida Rossiya hukumati zamonaviy uslubda munozara shaklini taklif qilgan. Biroq, taraflar Rossiyaning taklifiga quloq solishni istamagan.

 “Zamonaviy uslubda qo’limizdagi dalillar va faktlarni ularga taqdim qildik. Yuzaga kelishi ehtimoldan xoli bo’lmagan muammolarni ularga hisobot sifatida taqdim qildik. Ammo bizni tinglashni yoki biz bilan gaplashishni istagan kishi topilmadi. Ukrainaning murakkab siyosati hozirgi ahvolga olib keldi. Bir qancha insonlar o’lib ketdi”, dedi Rossiya prezidenti.

 Putin nutqi davomida mustaqillikni hurmat qilishini bildirgan bo’lsa-da, ammo Ukraina mustaqilligini tan olmasligini qayd etdi.

 “Biz mustaqillik huquqlarini hurmat qilamiz, ammo G’arblik sheriklarining dastagi bilan Kievda inqilob uyushtirib, Qrim xalqining kelajagini xavotir ostiga qo’yadigan bu mustaqillikni tan olmaymiz. Biz Rossiya va Ukraina aloqalarining yaxshilanishini kutyapmiz”, dedi Vladimr Putin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.