AQSh Erbilda baza qurmoqchi

321
0

 AQSh hukumati Iroqning Erbil shahrida o’zi uchun harbiy baza tiklashga kirishdi. Iroqning Kurt mintaqasidan kelgan habarlarga ko’ra, Saddam Husayn davridan qolgan Harir harbiy havo bazasi AQSh armiyasi uchun bo’shatila boshlagan.

 “Anado’li” axborot agentligiga intervyu bergan kurt mintaqasi mas’uli harbiy bazaga aloqador qaror o’zlariga etib kelishi bilan bazani bo’shatish ishlari boshlab yuborilganligini bildirdi. Harir havo bazasi bir hafta ichida bo’shatilishini aytib o’tgan mas’ul xorijiy o’lkadan keltirilgan jihozlar ham boshqa mintaqaga ko’chirilganligini ma’lum qildi.

 “Peshmerga vazirligi va AQSh harbiy qo’mondonligidan tuzilgan bir hay’at o’tgan oyda kelib bu erni ko’zdan kechirib ketgan edi. Undan so’ngra bazani tekshirish (ekspertizadan o’tkazish) uchun yana to’rt marotaba kelishdi. Bu mintaqa Turkiya, Eron, Suriya va Iroqqa yaqinligi bilan strotegik ahamiyatga egadir. Shu sababli AQSh bu bazadan yana bir bor foydalanishni xohlamoqda”, deydi nomini oshkor qilishni istamagan yana bir mas’ul.

 Harir havo bazasidan Saddam Husayn davrida harbiy baza sifatida foydalanilgan. 2003 yil BAAS rejimi qulagandan so’ng AQSh armiyasi bir muddat bu bazadan harbiy mintaqa sifatida foydalandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.