2014 yil 15 oktyabrda Qozondagi Vaxitov rayon sudi sakkiz nafar musulmonni Hizb ut-Tahrirga a’zolik gumoni bilan qamoqqa oldi. Bundan bir kun oldin Tataristondagi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ichki ishlar vazirligi hamkorligida Tataristondagi musulmonlarning uy-joylarida qator tintuvlar o’tkazganini xabar qilgan edi. Ushbu keng ko’lamli tadbirlarda o’n yildan ziyod vaqtdan beri to’xtovsiz repressiyaga uchrab kelayotgan xalqaro siyosiy Hizb ut-Tahrir partiyasi a’zolari nishonga olingan edi.
Hizbning qamoqqa olingan sakkiz nafar a’zosi quyidagilar:
1 – Azat Adiev 1978 yil tug’ilgan;
2 – Asgat Xafizov 1985 yil tug’ilgan;
3 – Albert Valiullin 1974 yil tug’ilgan;
4 – Ruzil Davletshin 1988 yil tug’ilgan;
5 – Lenar Saitov 1987 yil tug’ilgan;
6 – Timur Uzbekov 1990 yil tug’ilgan;
7 – Radik Zaripov 1986 yil tug’ilgan;
8 – Pavel Xevronin 1986 yil tug’ilgan.
Ushbu barcha qamoqqa olingan yigitlarning qaramog’ida yosh bolalari bor va ular odamlar orasida yaxshi axloqli musulmonlar sifatida tanilgan. Misol uchun, Azat Adiev nashidalar kuylovchi honanda sifatida shuhrat qozongan, ilgari mashhur «Qozon yigitlari» yoki «Qozon o’g’lonlari» nomli tatar ansambli musiqachisi bo’lgan, u nafaqat Qozon, balki butun Tatariston respublikasida tanilgan.
Shuning uchun Hizb yigitlariga xavfsizlik xizmati tomonidan terroristlar, deya berilgan tuhmatlarning hech biri ularning terrorchi ekaniga odamlarni ishontira olmaydi.
Qamoqqa olingan sakkiz yigitga Rossiya Federatsiyasi jinoyat kodeksining 205.5-moddasi ikkinchi bo’limi bo’yicha (terroristik tashkilot faoliyatida ishtirok etish) ayblovi qo’yildi.
Bu ishda ko’zda tutilgan «terroristik tashkilot»dan murod islomiy siyosiy hizb bo’lgan Hizb ut-Tahrirdir. Shuni ta’kidlash lozimki, 2014 yildan beri rus hukumati Hizb ut-Tahrirga a’zo bo’lishni terroristlik, deya baholab, unga mazkur qonun moddasi qo’llanmoqda.
Shubhasiz, bu qamoqqa olingan musulmonlar sodir etgan birdan bir «jinoyat» faqat Islomgina jamiyatlarni boshqarishga va yurt ishlarini idora qilishga haqli, loyiqdir, deya e’tiqod qilganlaridir.
Ular aynan mana shunday e’tiqodda bo’lganlari sababli ham islomiy siyosiy Hizbga a’zodir. 2003 yil Rossiya Oliy sudi bu Hizbni terroristik partiya, deb qaror chiqardi. Aynan shu jinoyatkor qaror o’z dini asosida yashashni istayotgan odamlarga qarshi yolg’on-yashiq uydirmalar to’qib chiqarishga bahona bo’lmoqda.
Afsuski, bu safar ham axborot vositalari rus xavfsizlik agentligi tarqatgan bayonotlarni voqega zidligini, yolg’onligini aniqlashga urinmasdan tarqatmoqda. Biz bu da’volarni to’xtovsiz fosh qilib keldik, endi qayta takror fosh etib o’tirmaymiz, biroq bu yolg’onlarning barchasi uni tarqatganlar vijdoniga havola ekanini qo’shimcha qilamiz. Biz ularni ob’ektivlikni unutmaslikka chaqiramiz. Bu jurnalistlar faqat diniy va siyosiy e’tiqodi uchun qamalgan begunoh musulmonlarning onalari, ayollari va bolalarining aziyat chekishiga o’z xissasini qo’shishmoqda.
Biz shuni ta’kidlaymizki, Islom bilan yashashni istayotgan musulmonlarga dushmanlik qilish va ularni yomonotliq qilish rejalari insha Alloh, hargiz amalga oshmaydi, shuningdek, mo’minlarni qamash, hijoblarini va islomiy adabiyotlarini taqiqlash Rossiyadagi millionlab musulmonlar birligini mustahkamlashdan boshqa narsaga xizmat qilmaydi, hukumat Islomga qarshi urush olib boraverar ekan, ertaga ayni haqiqatni guvohi bo’lajak.
Hizb ut-Tahrirning Rossiyadagi matbuot bo’limi
Hizb ut-Tahrirning Rossiyadagi matbuot bo’limi: www.hizb-russia.info Elektron
pochta: mediaoffice.htr@gmail.com