Qiynoq va tazyiqlardan qochgan minglab musulmonlar Myanmani tark etmoqda

536
0

126088_600So’ngi hafta mobaynida mushriklar ta’qibi va qirg’inidan qo’rqqan minglab rohiniya musulmonlari o’z tug’ilgan vatanlari Myanmani tashlab chiqib ketishga majbur bo’lishmoqda.

Mahalliy huquqni himoya qiluvchi “Arakan Project” tashkiloti rahbari Kris Levaning “Anadolu Agency” nashriga bergan intervyusida, bizning ko’z o’ngimizda so’ngi bir hafta ichida 8000 rohiniya musulmonlari shimoliy shtat Rakxaynni tashlab chiqib ketishdi. 2013 yildan buyon har oyda aynan shuncha musulmonlar qochib ketishga majbur bo’lishar edi, -dedi.

Huquq himoyachisining so’zlariga ko’ra, so’ngi hafta mobaynida rohiniya musulmonlarini Myanmadan ommaviy qochishi kuzatilmoqda. Bu holat esa keyingi paytlarda yanada kuchayib borayotgan musulmonlarni ommaviy qamoqqa olish va qiynoqqa solinishlari bilan bog’liq. Ko’pchilik Myanmadan matorsiz qayiqlarda suzib ketishga majbur bo’lishyapti va buning natijasida Tailand yoki yaqin atrofda joylashgan biror davlat qirg’oqlariga etib borishga ulgurmay cho’kib xalok bo’lmoqdalar.

60 million aholisi bo’lgan Myanmaning 5 foizini Rohiniya musulmonlari tashkil qiladi. Myanma 1948 yili mustaqillikka erishganidan buyon ozchilikni tashkil etuvchi musulmonlar tinimsiz tazyiq, ta’qib va ommaviy qirg’inlarga duchor bo’lib kelishadi.

Ekstremist buddistlar tomonidan shundoq ham qirg’in qilinayotgan rohiniya musulmonlari, o’tgan haftadan boshlab rasmiy hukumat tamonidan ham yana qayta ta’qib va tazyiqqa olina boshlandi. O’z joni va dinini saqlab qolish uchun Myanma musulmonlari vatanlarini tashlab ketishga majbur bo’lishmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.