Halqaro koalitsiyaga YO’Q! Ikkinchi roshid Xalifalikka HA!

459
0

hhh Suriyaning Halab shahri rahnamolari bir bayonot chiqarib “Halqaro koalitsiyaga YO’Q! Ikkinchi roshid Xalifalikka HA!”, deya o’zlarining aniq pozitsiyalarini ma’lum qilishdi.

 Halab shahrining g’arbida joylashgan Dayrus-Saman, Tekad, Babikke shaharlari va Idlib atrofida joylashgan Jabaluz Zoviyaning aholisi o’z peshvolari boshchiligida muborak Shom inqilobiga qarshi birlashgan xalqaro koalitsiyani rad etib chiqishdi.

 Bu haqida tayyorlangan va bir necha bandlardan iborat bayonot bir qancha jamoat joylarda oshkoro o’qib eshittirildi va xalq tomonidan ijobiy qabul qilindi.

 Bayonotda bildirilishicha, Suriya musulmonlari Muborak Shom tuproqlariga hujum uyushtirgan G’arb davlatlariga, xalqaro koalitsiyaga va ularning hamkorlariga aslo bo’yin egmaydi. Ularni Islom ummati uchun dushman deb biladi. Chunki ularning maqsadlari Islom hukmlarini hayotga qaytarish uchun faoliyat olib borayotgan barcha samimiy musulmonlarga zarba berishdir. Aksincha Suriya musulmonlari ayni mintaqada tiklanish ehtimoli katta bo’lgan Xalifalik davlatiga bor kuchlari bilan yordam berishlari ta’kidlanadi bayonotda.

 Shuningdek bayonotda barcha jihodiy guruhlarni darhol o’zaro urushni to’xtatishga va Xalifalik davlatini tiklash uchun Islomiy loyihalar atrofida birlashishga chaqiriladi. Musulmonlarga qarshi tuzilgan koalitsiya bilan hamkorlik qilayotgan barcha taraflarni va mo”tadil (demokratiyani yoqlovchi) muxolifatni Allohga, Rosuliga va mo’minlarga xiyonat qilishdan ogohlantiriladi.

 “Koalitsiyaga hamkorlik qilayotgan barcha taraflarni Allohga, Rosuliga va mo’minlarga xiyonat qilgan deb e’tibor qilamiz”. “Mo”tadil (demokratiyani yoqlovchi) muxolifatni G’arbning malayi va ummatning dushmani deb bilamiz. Ularning asosiy vazifasi kofir G’arbning loyihalarini amalga oshirish va ularning maqsadlarini ro’yobga chiqarishdir”, deyiladi jumladan bayonotdagi bandlarning birida.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.