O’zbek xalqi moli va joni evaziga paxta rejasi bajarildi

564
0

14311_eb260806786c596d_maxRasmiy hisobotga ko’ra, O’zbekistonda 3 million 400 ming tonnadan ziyod paxta hosili olinib, reja bajarildi. Shu munosabat bilan Islom Karimov dehqon va fermerlarga tabrik yo’lladi.

“Bahor faslida havo haroratining odatdagidan nisbatan past bo’lgani, chigitning unib chiqishi 8-10 kunga kechikkani, ayrim hududlarda g’o’zani sel va do’l urib ketgani, turli kasallik va zararkunandalar ko’paygani, yozdagi suv tanqisligi, kuzning ancha erta va salqin kelgani dehqon va fermerlarimiz uchun jiddiy qiyinchiliklar tug’dirdi, – deyiladi tabrikda. – Joriy mavsumning mana shunday noqulay va murakkab kelishiga qaramasdan, birinchi navbatda ko’p yillar davomida to’plangan tajriba va zamonaviy agrotexnikani samarali qo’llaganimiz, shular qatorida o’z vaqtida g’o’zani “sharbat” usulida sug’orib, mahalliy o’g’itning orttirib berilgani, olim va mutaxassislarning tavsiya va maslahatlari tufayli, qanday og’ir bo’lmasin, hosilni saqlab qolishga erishganimiz, bir so’z bilan aytganda, dehqon va fermerlarimizning mardligi va matonati, tashabbuskorligi bu yilgi yutug’imizning qadr-qimmatini yanada oshiradi”.

Prezidentning aytishicha, dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra, joriy yilda paxtachilikdan olinadigan yalpi daromad o’tgan yilga nisbatan 12 foiz yoki 400 milliard so’mdan ortishi kutilmoqda. Bu yil paxta xomashyosini yuqori sortlarga sotishning o’zidan fermer xo’jaliklari 200 milliard so’mdan ziyod qo’shimcha daromad olishga muvaffaq bo’ldi.

“Buning hisobidan biz dehqon va fermerlarimizning, qishloq ahlining daromadlarini oshirishga, ko’zlagan ezgu marralarimizga etish, el-yurtimizni yanada obod va farovon bo’lishiga erishamiz, inshoollo”, – deydi Islom Karimov.

Turkiston:

O’zbekiston xalqining ulushiga tushgan, sobiq Sho’ro davridan meros bo’lib kelayotgan paxta yig’im-terimining navbatdagi mavsumi o’z nihoyasiga etmoqda. Sobiq Sho’rolar davrida markazdan reja tuzilib o’zbek dehqonlariga majburiyat yuklab kelingan bo’lsa, “mustaqillik”dan so’ng bu salohiyat Karimov boshchiligidagi O’zbekiston hukumati ixtiyoriga o’tdi.

Ayniqsa bu yilgi paxta yig’im-terimi avvalgi yillarga qaraganda o’zining keng qamrovliligi bilan ajralib turdi. Buning sababi avvalgi mavsumlarda O’zbekiston hukumati paxta yig’im-terimida eng arzon ishchi kuchi bo’lmish maktab o’quvchilaridan keng ko’lamda foydalanar edi. Ammo G’arb davlatlari maktab o’quvchilari kuchlaridan foydalanib terilgan paxtani sotib olishlikka boykot e’lon qilgani va bunga dunyonin yuzdan ziyod to’qimachilik firmalari qo’shilgani sababli O’zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoevning bu yilgi paxta yig’im-terimida maktab o’quvchilari kuchidan foydalanmaslik haqidagi buyrug’i e’lon qilindi. Bu buyuruqqa binoan maktab o’quvchilari o’rniga ularga ta’lim berishi kerak bo’lgan o’qituvchilar, shifokorlar, davlat korxonalari, xususiy tashkilotlar, shahar va mahallalardan xasharchilar ixtiyoriy-majburiy ravishda paxtaga xaydaldi va jon olib, jon berib paxta xirmonini bunyod etishdi. “Ozodlik” radiosi olib borgan hisob-kitoblarga ko’ra, bu yilgi paxta mavsumi mobaynida o’n to’qqiz fuqaro hayotdan ko’z yumgan.

Kazzob Karimov esa o’z odatiga muvofiq bu safar ham xalqni aldashga harakat qilib, “Buning hisobidan biz dehqon va fermerlarimizning, qishloq ahlining daromadlarini oshirishga, ko’zlagan ezgu marralarimizga etish, el-yurtimizni yanada obod va farovon bo’lishiga erishamiz, inshoollo”, – deydi.

Yigirma to’rt yildan oshiq vaqtdan beri ko’kragiga shamol tegmagan O’zbekiston xalqi va ayniqsa qishloq ahli shu kunga qadar qanday hayot kechirib kelgan bo’lsa, yana shunday g’o’zapoya tekkaniga xursand bo’lib, o’z kunini o’zi bir amallab eplab o’tkazaveradi. Paxta, oltin, gaz va boshqa yana ko’plab er usti va osti boyliklaridan esa faqat bir xovuch amaldorlar manfaatdor bo’lib qolaveradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.