«Moskovskiy Komsomolets v Nijnem Novgorode» ro’znomasida chop etilgan ma’lumotlar botilligini fosh etish

522
0

01-11Matbuot bayonoti

«Moskovskiy Komsomolets v Nijnem Novgorode» ro’znomasida chop etilgan ma’lumotlar botilligini fosh etish

2014 yil 16 oktyabr kuni «Moskovskiy Komsomolets v Nijnem Novgorode» ro’znomasida Nijegorodsk viloyat sudi to’rt nafar tojikistonlik fuqaroga qarshi sud ishini boshlagani to’g’risida xabar chop etildi. Rus tilida chop etilgan ayni ro’znomada tergov varaqasi asosida «bu yigitlar islomiy Hizb ut-Tahrir ekstremistik tashkiloti a’zolaridan bo’lib, Nijniy Novgoroddagi yirik savdo markazlarida terrorchilik amaliyoti sodir etishga tayyorgarlik ko’rishgan», deya xabar qilingan.

Shuni eslatmoqchimizki, «ITAR-TASS» axborot agentligi 2013 yil 28 mayda Rossiya ichki ishlar vazirligi Privoljsk mintaqasi boshqarmasiga tayangan holda Hizb ut-Tahrir a’zolari, degan da’vo bilan bir necha kishi qamoqqa olingani va ular go’yo terroristik amaliyot sodir etishga tayyorgarlik ko’rishgani to’g’risida xabar qilgan edi. Biz bunday vaziyatga nisbatan 2013 yil 5 iyunda chop etilgan matbuot bayonotimizda mana bunday deya sharh bildirgan edik: «Maxsus kuchlar Hizbga hech qanday aloqasi bo’lmagan bir necha oddiy muhojir ishchilarga o’q-dori tashlab qo’yib, keyin ularni hizb a’zolari deb e’lon qilgan edi».

Yana bir bor rasman ta’kidlaymiz, Nijniy Novgorodda terrorizmga aloqadorlik ayblovi bilan qamoqqa olingan o’sha yigitlar Hizb ut-Tahrir a’zolari emas. Bundan tashqari, Rossiya maxsus kuchlari oddiy muhojirlarga o’q-dori saqlash va Hizb ut-Tahrirga a’zolik kabi yolg’on ayblovini tirkayotgan ekan, ular bu bilan ochiqdan-ochiq tuhmat va bo’hton qilgan bo’ladi. Shuningdek, ular ochiq yolg’on xabar tarqatish va tojikistonlik ishchilar taqdiriga, ularning qadriyatlariga rioya qilmaslik orqali Hizb ut-Tahrirni yomonotliq qilishga va o’z jinoyatlarini oqlashga urinishmoqda.

Hizb butun dunyoda faqat siyosiy hizb sifatida tanilgani va hech qanday terrorchilik yo qo’poruvchilik amaliyotiga uning hech bir a’zosining – hatto yiroqdan bo’lsa ham – aloqador bo’lmagani uchun maxsus kuchlar mana shunday jinoyatlarga qo’l urishmoqda. Buni shu haftada Tataristonda Hizb ut-Tahrir a’zolari uylarida o’tkazilgan tintuv amaliyotlari ham yaqqol ko’rsatib turibdi. Maxsus kuchlar va axborot vositalari tomonidan tarqatilgan videolavhalarda tish-tirnoqlarigacha qurollangan maxsus kuchlar qurolsiz oddiy musulmonlar qo’lidagi Hizb ut-Tahrirga aloqador bo’lgan va bo’lmagan oddiy islomiy adabiyotlarni qanday tortib olishayotganini ko’rish mumkin. Hatto bu qadrlarda uyning poliga qotor qilib terib qo’yilgan diniy kitoblar orasida yosh bolalarning tatarcha «alifbo» kitobi ham ko’zga tashlanadi.

Bunga o’xshash barcha provokatsiyalarga qaramasdan, biz siyosiy hizbligimizcha qolib, Nabiy Aning yo’lida davom etamiz. Ushbu yo’l tinch yo’l bilan va zo’ravonlikka qo’l urmasdan da’vat etishga rioya qilishni taqozo etadi. Hizbning maqsad va vositalari bilan batafsil ma’lumotlar olishni istagan har bir kishi uning www.hizb-russia.info saytiga murojaat qilishi ham mumkin.

Shubhasiz, Rossiya maxsus kuchlari bizni terrorizm, ekstremizm va diniy nizo qo’zg’ash kabi jinoyatlarda ayblar ekan, shu jinoyatlarni aynan o’zlari sodir etishmoqda. Biroq Hizb ut-Tahrir dunyo bo’ylab o’zining fikriy amaliyotlari bilan tanilayotgan bo’lsa, Rossiya maxsus kuchlari dunyo bo’ylab o’zining iflos nopok jinoyatlari bilan tanilmoqda.

Alloh Subhanahu va Taolo bunday deydi:

 ﴿إِنَّ اللَّهَ مَعَ الَّذِينَ اتَّقَوا وَّالَّذِينَ هُم مُّحْسِنُونَ﴾

«Albatta, Alloh taqvodorlar va go’zal amal qilganlar bilan birgadir» [Nahl 128]

Hizb ut-Tahrirning Rossiyadagi matbuot bo’limi

Hizb ut-Tahrirning Rossiyadagi matbuot bo’limi: www.hizb-russia.info

Elektron pochta: mediaoffice.htr@gmail.com

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.