General Allen: IShIDni faqat jismonan mag’lub qilish etarli emas

440
0

US-General-John-Allen-RetiredIShIDga qarshi AQSh tarafidan tuzilgan kolitsiyaga rahbarlik qilayotgan general Jon Allen IShIDni faqatgina jismonan yo’q qilishdan ko’ra muhimroq ish borligini bildirdi. General Allening ta’kidlashicha, IShIDning o’zini emas, balki u ko’tarib chiqayotgan fikrni, (ya’ni Xalifalik davlati fikrini) va ekstrimizmni (ya’ni siyosiy Islomni) yo’q qilish muhimroqdir.

General Allen IShIDga qarshi kurash faqatgina harbiy tadbirlarga cheklanib qolmaganligini urg’ular ekan, “IShIDni faqat jismoniy jihatdan mag’lub qilish etarli emas, balki IShID namoyon qilayotgan fikr hamda ekstrimizm ustidan g’alaba qozonishimiz zarur”, deya bayonot berdi.

General Allen Angliyada “BBC 2” axborot agentligi tarqatgan “Newsnight” dasturida chiqish qilib, IShIDga qarshi uyushtirilgan havo hujumining Angliya pozitsiyasiga aloqadorligi haqida so’z yuritdi. Allen Angliya AQShning Suriyaga qilayotgan hujumiga dastak berishi yoki bermasligi haqida berilgan savolga javob berar ekan, Angliyaning AQSh rejalarini dastaklashiga umid bildirdi.

“Angliya Iroqda AQSh bilan elkama-elka turdi. Afg’onistonda ham shunday bo’ldi. Endi IShIDni bir yoqli qilish mavzusida maslahat olib boryapmiz. O’ylaymanki, qisqa bir vaqt ichida elkama-elka turamiz degan qarorga kelishimiz mumkin. Bu aloqa o’ziga xos va tarixiydir. Bu strotegiya borasida Angliya bizga dastak beradi deb o’ylayman”, dedi general Allen.

Allen Angliyaning Suriya borasida qanday pozitsiyani tutishi kutilayotganligi haqidagi savolga ham javob berdi. Generalning bildirishicha Angliyaning bir qancha muhim roli mavjuddir. Bular Ozod Suriya armiyasini mashg’ulotdan o’tkazish va harbiy texnikalar bilan ta’minlashdan iboratdir.

General Allen kecha Londonda Angliya tashqi ishlar vaziri Flip Hammond bilan uchrashdi. U 31 oktyabrgacha Frantsiya, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Bahrayn, Qatar va Birlashgan Arab Amirligi kabi davlatlar vakillari bilan uchrashadi.

Turkiston:

Allen IShID ko’tarib chiqayotgan fikr deganida, Islom Mafkurasini nazarda tutyapti. U kufr sistemasining asosiy maqsadining bir qismini ochiqladi. Kufr olami islomiy harakatlardan emas, ularni shu harakatga undovchi omil bo’lgan islom mafkurasidan qattiq qo’rqishadi.

Ular Xalifalik davlatini qulatishda xuddi shu islomni qulatish mumkin bo’lgan yagona uslubdan foydalanishgan edi. Ya’ni Xalifalik qo’l ostida Musulmonlar, hayotlarida uchraydigan biror ishini amalga oshirishda yoki muammolarini bartaraf etshda Islomdan o’zga mabda’ga murojaat qilishgan emas. Natijalaridan qat’iy nazar xar bir harakatida shar’iy hukmni asos qilib, Islomdan boshqa tuzmga rozi bo’lishgan emas. Kufr olami, ularning shu urflariga aylanib ketgan xayot tarzlarini buzish uchun bir necha yuz yillar harakat olib borishdi. Ular Ummat ichida moddaparast musulmonlarni tayorlab olishga muvaffaq bo’lish bilan, ular vositasida qolganlarini ham o’z mafkuralaridan uzoqlatishga imkoniyat topa olishdi. Shu yo’l bilan Xalifalikni qulatishga muvaffaq bo’lishdi. Hozirda ular uchun juda katta vahimali xavf bo’lib kelayotgan muammo, Ummat yana Islom mafkurasini topib olib, uni vosita qilib, islomiy mabda’ (sistema)ni xayotga tortib kela boshladi. Ular uchun tarix orqaga qaytayotgandek bo’lib, Islom xayotdan qanday chetlatilgan bo’lsa xuddi shuning aksidek yana qaytib kela boshladi. Buni nafaqat Allen boshqa kufr mutaxasislari xam e’tiroz etib kelishmoqda.

Afsuski musulmon birodarlarimizning ichidagi ba’zi olim va siyosatchilarimiz shuni anglay olishmayapti. Ular biz Musulmonlarning quvvatimiz, mujohidlar jihod qilayotganlarida, savdogarlar tijoratlarida, siyosatchi etakchilar yurtlarni boshqarishayotganlarida, ijtimoiy xayotimizda, boshqaruv sistemamizda, ta’lim sistemamizda… va xokazo xayotimizning barcha jabhasida faqat Islomni asos qilishimiz bilan qaytishini anglay olishmayapti. Shunda Islom xayotga qaytishi uchun sharoit paydo bo’ladi. Xuddi xijratda ikki yil avval Madinaga Musab RA bosh bo’lib, iymoniy muhitni tayorlaganlaridek. Buni anglab etgan xar bir islomiy olim yoki mufakkir tinchini yo’qotadi. Zimmasidagi omonatni ado etish uchun o’zini Ummat ichiga uradi va unga Ollox taqdir qilganidan o’zga xech narsa bo’lmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.