Aslida Kobani 2012 yilda qo’ldan ketmaganmidi?

430
0

qa Islom ummatini kufr davlatlari nufuzidan ozod qilish va Allohning shariatini qoim qiladigan Xalifalik davlatini tiklash uchun fikriy siyosiy faoliyat olib borayotgan Hizbut Tahrir uyushmasi ummatni siyosiy o’yinlardan ogohlantirib, malay hokimlarning xiyonatlarini ochib tashlashda davom etmoqda. Hizbut Tahrir – Turkiya viloyati matbuot bo’limining rahbari Mahmud Qor ummat ustida qilinayotgan yana bir siyosiy o’yinni fosh qildi.

 Shu kunlarda Suriyaning Halab mintaqasiga qarashli Kobani shahri IShIDning qo’liga o’tishi borasi turshi shov-shuvlar va xavotirli bayonotlar tinimsiz yangramoqda. AQSh qurolli kuchlari qo’mondoni Martin Dempsi “Kobani qo’ldan ketishidan xavotirdaman” deya bayonot berdi. BMTning Suriyadagi vakili Stefan de Mistura “Agar IShID Kobanini qo’lga olsa butun dunyo, jumladan biz ham xavf-xatar ostida qolamiz, darhol bir chora ko’rishimiz kerak” deya Turkiyani Kobani uchun faol harakat qilishga chaqirdi. Bu borada Turkiya hukumati ham G’rbdan ortda qolmadi.

 Aksariyat aholisi kurtlardan iborat bo’lgan Kobani shahri IShID tarafidan ishg’ol qilinishi haqidagi Turkiya hukumatining xavotirli bayonotlariga diqqat qaratgan Mahmud Qor masalaning nozik tarafiga e’tiborni jalb qildi.

 “Aslida Kobani 2012 yilda qo’ldan ketmaganmidi? Kobani 2012 yilning iyulida Asad rejimi tarafidan mintaqadagi Kurd ishchilar partiyasining Suriyadagi qanoti bo’lgan Kurd demokratik partiyasiga taslim qilingan edi. Turkiya davlati IShIDni terrorchi tashkilot deya sifatlaganidek, Kurd demokratik partiyasiga ham terrorchi tashkilot sifatida qaraydi. Xo’sh, terrorchi tashkilot Kurd demokratik partiyasi Kobani shahrini qo’lga kiritsa Kobani qutqarilgan bo’ladiyu, IShID Kobaniga egalik qilishni xohlasa Kobani qulagan bo’ladimi? Turkiyaning bu siyosati Suriya inqilobi jarayonida Amerikacha siyosatdan zarracha ham farq qilmasligini ochiq nishonasidir” deydi Hizbut Tahrir – Turkiya viloyati matbuot bo’limining rahbari.

 Qor janoblari nima uchun G’arb siyosatchilari Kobani masalasiga bunchalik e’tibor qaratayotgani va butun ommaviy axborot vositalari bu masalani bo’rttirib ko’rsatayotgani haqida savolni o’rtaga tashlar ekan, quyidagilarni bayon qildi:

 “AQSh va G’arb davlatlari birinchi navbatda Suriya va Iroq masalasida IShID orqali Islom va Islomiy inqilobga dog’ tushirishga urinmoqda. AQSh Turkiyadan va Suriyaga chegaradosh boshqa o’lkalardan faol tarzda foydalanib Suriyadagi Jihodiy guruhlarni sindirishni maqsad qilganligi o’z o’zidan ko’rinib turipti. Bu harakatlariga mintaqadagi barcha davlatlarni jumladan Turkiyani ham sherik qildi. Ya’ni AQSh Kobani masalasidan foydalanib Turkiya harbiylarini Suriyaga hududiga olib kirish istagida. Shu tarzda u butun mintaqadagi mujohid guruhlarga qarshi kurash hajmini ham kengaytirib olmoqchi”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.