7 oktyabr kuni Qirg’iziston Bosh vaziri Jo’mart O’torbaev raisligida hukumat yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda Qirg’izistonning Yagona iqtisodiy hududga qo’shilish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi (“yo’l xaritasi”) tasdiqlandi.
“Qirg’izistonning Yagona iqtisodiy hududga qo’shilishi bo’yicha yo’l xaritasi mamlakatimizning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sari yana bir qadamidir, – dedi Bosh vazir.
“Integratsiya jarayonlari doirasida majburiyatlarimizni to’liq bajaramiz. Umid qilamanki, yil oxiriga qadar Qirg’izistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo’shilishi haqidagi shartnomani imzolay olamiz”, -deya qo’shimcha qildi O’tarboev.
Jo’mart O’torbaev Qirg’iziston hukumati Bojxona ittifoqiga qo’shilish bo’yicha yo’l xaritasini deyarli amalga oshirib bo’lganini, ushbu masala prezident, parlament va Bosh vazir nazoratida ekanini ta’kidladi.
10 oktyabr kuni Minsk shahrida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Oliy kengashining yig’ilishi bo’lib o’tadi. Unda Qirg’izistonni Belarus, Qozog’iston va Rossiyani birlashtirgan yagona iqtisodiy hududga qo’shilishi bo’yicha chora-tadbirlar rejasi (yo’l xaritasi) muhokama etiladi.