O’zbekistonda posbonlarga yangi vazifa yuklandi

492
0

russian-news-552089_oO’zbekiston hukumati dushanba kuni Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo’shinlariga ko’maklashuvchi “Chegara posbonlari” otryadlari to’g’risidagi nizomni tasdiqladi.

Yangi nizomga ko’ra, “Chegara posbonlari”ning asosiy vazifasi davlat chegarasini noqonuniy kesib o’tish hodisalari va bunga tayyorgarlik; bojxona nazoratini aylanib o’tgan holda mamlakatga zaharli, radioaktiv moddalar, portlash moslamalar, qurol-aslaha, narkotik va psixotrop moddalar, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizmni targ’ib qiluvchi materiallarni olib o’tishga tayyorgarlik va olib o’tish; milliy, irqiy va diniy adovat qo’zg’ovchi materiallarni tayyorlash, saqlash va tarqatish; tovar yoki qimmatbaho buyumlarni davlat chegarasi va bojxona nazorati aylanib o’tgan holda olib o’tish; amaldagi davlat tizimini g’ayrikonstitutsiyaviy yo’l bilan o’zgartirish, hokimiyatni egallab olish yoki qonuniy ravishda saylangan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatish yoxud O’zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini buzishga ochiq chaqiriqlar; O’zbekiston Respublikasi fuqarosi, chet ellik fuqaro yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs tomonidan O’zbekiston Respublikasi chegara zonasida bo’lish tartibining buzilishi, afyun, nasha va shu kabi boshqa giyohvand moddalarni ekish va etishtirish, sodir etgan jinoyati uchun qidiruvga berilgan va ehtimolki, chegaraoldi hududida yashirinib yurgan shaxslarning yashiringan joylari haqida va boshqa xatti-harakatlar xususida chegara qo’shinlari harbiylarini xabardor qilishdan iboratdir.

Turkiston:

Karimov, dunyo sistemasi tomonidan qattiq reklama olib borilayotgan “islomiy terror xavfi” vahimasi asosida borayotgan harakatlardan, o’z yurti chegaralarini yanada mustahkamlab olishda foydalanib qolmoqchi.

Kufr olami, butun matbuot mashinasini islomiy jangarilarni o’ta vahimali qilib ko’rsatish sari chorladi. AQSh boshchiligidagi koalitsiya musulmonlarni o’qqa tuta boshlashi bilan tabiiy musulmonlar o’zaro adovatlarini unutib, birlasha boshlashdi. O’IH boshlig’i tomonidan ID ni kufrga qarshi xarakatlanishini qo’llab quvvatlashi xaqida bergan rasmiy bayonoti va O’zbekistonga yaqin qo’shni bo’lgan Tolibon harakatining hozircha Pokiston tomonining ham ID ni bir necha qo’pol, noshar’iy xatolarini qaytalamaslikka chaqirib, tashkilot bilan kufrga qarshi harakatlarida bir ekanliklari xaqida tarqalayotgan matbuot xabarlari VVS va Ozodlik radio matbuotlaridan tarqatildi. Pokiston, O’zbekiston… singari davlatlar xam xuddi YeI va AQSh singari kufr davlatlaridan o’rnak olib, bu vaziyatlardan o’z manfaatlarini mustahkamlab olish haqida fikirlay boshlashdi.

Lekin bu xoin etakchilarimiz yaxshi bilishadiki, agar ularning harakatlari kufr sistemasining manfaatlariga zid kelmas ekan yoki mutanosib yurgizilayotgan ekan, ular uchun hech qanday ziyon ko’rinmaydi. (Bunga ular, Asadning rejimi kufr tomonidan majbur ushlab turilganidan amin bo’lib turishibdi). Shundan kelib chiqib Karimov o’zi uchun ikki xavfni biladi. Birinchisi: G’arbning g’azabidan ehtiyot bo’lish. Ikkinchisi: G’arb uchun Asad singari o’ziga alternativ muxolif quvvat paydo bo’lishiga aslo yo’l bermaslik. Demak Karimov vahimalarning ortib borishidan manfaatdor. U hatto o’zi xam bu vahimalarni ortishiga xissa qo’shadi. Buning bilan u chegaralarni yanada mustahkamlab olish bilan birga, xalqni o’z rejimiga bo’lgan muxtojligini his qildirmoqchi ham bo’ladi. “Nima bo’lganida ham tinchlik bo’lsin” fikriy etakchiligi asosida.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.