Konstitutsion mahkama Musulmonga kelganda ko’r va kar bo’lib qoladi

376
0

quj6T04Texnik muhandis Bekir Qurtulush Hizbut Tahrir siyosiy Islomiy partiyasi tarafidan Livanda tashkil qilingan konferentsiyaga tarjimon sifatida ishtirok etganlik da’vosi bilan Turkiya mahkamasi tarafidan 7,5 qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Uning turk qamoqxonasida aziyat chekishi hamon davom etmoqda.

Ma’lumki, xavfsizlik bosh mudirligi va mahkamalar tarafidan Hizbut Tahrir siyosiy Islomiy partiyasiga nisbatan moddiy faoliyatga qo’l urmasligi haqida rasmiy tavsiflar berilgan. Biroq shunga qaramay, qamoqqa olingan va shu onda Bursa qamoqxonasida saqlanayotgan Bekir Qurtulushning konstitutsion mahkamaga qilgan murojaati 15 oydirki, javobsiz qoldirilmoqda.

Bekir Qurtulush Bursa qamoq xonasidan turib Turkiya konstitutsion mahkamasining nohaqliklari haqida maktub chiqardi.

“Turkiya konstitutsion mahkamasi 2003 yil mart oyida Turkiya hukumatini qulatish uchun harbiy reja tuzganlikda ayblangan “Balyoz” mahkumlarining murojaatlariga 45 kunda javob qaytardi. Turkiya konstitutsiyasiga ko’ra, terrorchi tashkilot deya e’lon qilingan qurolli tashkilot “Ergenekon” mahkumlarining murojaatiga esa 7 oyda javob qaytardi. Biroq mening murojaat yo’llaganimga 15 oy bo’lishiga qaramay, hanuz javob qaytarmadi. Konstitutsion mahkama mening va menga o’xshagan Islomiy shaxslarning murojaatiga kelganda ko’r va kar bo’lib qoladi”, deya yozadi Qurtulush o’zining maktubida konstitutsion mahkamani tanqid ostiga olib.

Qurtulush o’zining “qurolli terror tashkilotiga a’zo bo’lish” moddasiga ko’ra sudlanib 7,5 yil qamoq jazosiga hukm qilinganligini yozar ekan, ayni moddalarga ko’ra ayblangan “Ergenekonchilar”, “28 fevralchilar”, “Balyoz” mahkumlarining yangidan sud qilinish talablari qabul qilinib, ozod qilinganligiga e’tiborni jalb qiladi. Ammo qo’yilgan ayb bir xil bo’lishiga qaramay, apellyatsion oliy sud mahkamasi ham Qurtulushning murojaati rad etgan. Konstitutsion mahkamadan esa hanuz javob yo’q.

“Ergenekon, 28 fevral va Balyoz da’volarida bir necha joylarda qurolli davlat to’ntarishini amalga oshirish rejalari va revolyutsiya uyushtirish haqida so’z boradi. Hizbut Tahrir da’volarida esa hech qanday davlat to’ntarish rejalari va kuch ishlatishga doir dalillar mavjud emas. Topgan dalillari kitoblar, devorga osiladigan xaritalar, bayram tabriklari va konferentsiyalarga ishtirok etishdan iborat. Boshqa dalillari yo’q”, deydi Bekir Qurtulush.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.