Jeenbekov rasmiy safar bilan Qozogʻistonga joʻnab ketdi

759
0

Jeenbekov rasmiy safar bilan Qozogʻistonga joʻnab ketdi

 Qirgʻiziston prezidenti xizmati xabar qilishicha, Sooronbay Jeenbekov bugun, 25-dekabr kuni Qozogʻiston tomoni taklifiga koʻra ushbu respublikaga rasmiy tashrif bilan joʻnab ketdi.

 Tashrif doirasida Sooronbay Jeenbekov va Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning tor doiradagi uchrashuvlari rejalashtirilgan.

 Shuningdek, ikki davlat yetakchisi kengaytirilgan shaklda muzokaralar olib boradi, ular davomida ikki tomonlama aloqalar va YeOII doirasidagi hamkorlikka oid dolzarb masalalar muhokama qilinadi. Tashrif yakunlari boʻyicha qator hujjatlar imzolanadi, davlat rahbarlari qoʻshma bayonotni qabul qilishadi.

Rasmiy tashrif doirasida Sooronbay Jeenbekovning Qozogʻiston bosh vaziri Bakitjan Sagintayev bilan uchrashuvi ham rejalashtirilgan.

 Xabarda aytilishicha, Jeenbekovning safari davom etib, 26-dekabr kuni Moskvaga uchib ketadi.

 Jeenbekovning ish safari Rossiya prezidenti taklifiga koʻra amalga oshirilishi aytilmoqda. Jeenbekov Moskvada MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.