Suriya xalqi AQSh va uning ittifoqdoshi bo’lgan arab davlatlari tarafidan “IShID amaliyoti”, deb nomlangan, aslida esa Suriya mujohidlariga qarshi uyushtirilgan hujumlarga qarshi namoyish o’tkazdi.
Juma namozidan keyin ko’chalarga chiqqan musulmonlar Rosululloh s.a.v.ning oq va qora bayroqlarini yuksaklarga ko’tarib “La ilaha illalloh, Al-xilafa va’dulloh (Allohdan boshqa iloh yo’q, Xalifalik Allohning va’dasidir)”, “Bizning talabimiz Xalifalik davlatidir”, “Ey Alloh! Nusratingni tezlatgin”, deya hayqirib ko’chalarni larzaga soldi.
Namoyishchilar AQSh va uning malaylariga la’natlar yog’dirar ekan, rejimga qarshi kurashayotgan mujohidlarni olqishlab, ularga bo’lgan muhabbatlarini izhor qilishdi. Musulmonlarga qarshi AQSh bilan hamkorlik qilayotgan Islomiy o’lkalar rahbarlarini qattiq tanqid ostiga olgan Namoyishchilar hujumga duchor bo’lgan mujohidlarni o’ylariga chorlashdi. Ular “Uylarimiz mujohidlarning harbiy bazalaridir”, “Barchamiz Islom bilan birgamiz, barchamiz Jabhatun Nusra bilan birgamiz, barchamiz Ahrorush Shom bilan birgamiz”, “Butun dunyo sizga qarshi jang qilsa ham, biz siz bilan birgamiz”, deya baralla hayqirishdi.
Namoyishchilar AQSh prezidenti Barak Obamaning surati va AQSh bayrog’ini yoqish, unga hamkorlik qilayotgan arab davlatlari etakchilariga la’natlar aytish bilan bu kolitsiyaga nisbatan o’z pozitsiyalarini bildirishdi.
Namoyishda IShIDga ham murojaat qilindi. “Ey IShID, AQSh tarafidan tuzilgan koalitsiyaning senga qarshi kurash boshlashi sening haq yo’lda ekanligingni anglatmaydi”, deb yozilgan edi namoyishchilar qo’llarida ko’tarib olgan lozunglarda.
Bu namoyish, 2011 yildan buyon Halabda o’tkazilgan namoyishlarning eng kattasi bo’lganligi aytilmoqda. Hatto shu vaqtgacha AQShdan eng ko’p dastak olib kelgan Salim Idris boshchiligidagi Hazm harakati ham AQShga qarshi uyushtirilgan bu namoyishga ishtirok etgan.