Isroil armiyasi yosh bolalarni qamoqqa olmoqda

331
0

Inews-TiF211l26tsroilga oid matbuot manbalari tarqatgan xabarlarda aytilishicha, yahud armiyasi tarafidan o’tgan ikki oy ichida Quddus shahrining o’zida 260 nafar falastinlik yosh bolalar qamoqqa olingan.

Isroilda chiqadigan “Ga-Arets” gazetasining internet saytida tarqatilgan ayni mavzuga aloqador xabarda yahud politsiyasi qamoqqa olgan falastinlik yosh bolalar politsiyaga qarshilik qilganlikda ayblanganligi bildirildi. Gazeta shu vaqtgacha bunday ayblovlar yosh bolalarga qo’yilmaganligiga diqqatni tortdi.

“Ga-Arets” gazetasi yahud politsiyasi iyul va avgust oylarida 750 nafar falastinlikni qamoqqa olganligi va ulardan uchdan biri yosh bolalar ekanligi haqida yozdi. Gazetaga ko’ra, qamoqqa olingan bolalarning aksari 12 yoshdan kichkinadir. Ular mahalliy yahudiylarga va yahud politsiyachilariga tosh otganlikda ayblanib qamoqqa olingan.

Isroilda chiqadigan Yediot Axronot gazetasining muxbirlaridan biri Nahum Barnea ham o’tgan kun “Yosh bolalarning qo’zg’oloni” nomli maqolasida yosh bolalar namoyishlar tashkil qilganligi haqida yozgan edi. Uning yozishicha, falastinlik Muhammad Abu Hudayrning mahalliy yahudiylar tarafidan o’g’irlanib vahshiylarcha o’ldirilganligi ortidan falastinlik yosh bolalar namoyishga chiqa boshlashgan.

Turkiston:

Isroil, musulmonlar tomonidan o’ldirildi deb gumon qilingan bir yahudiy uchun, G’azoda o’n minglagan musulmonni bombardimon qilib o’ldirdi. Undanda ko’p musulmonni uysiz qoldirib qochoqlarga aylantirdi. Bolalar tosh otishgan emish! Bular tanklar bilan ustilariga bostirib qirib borishayotganlarida, tosh otishgan emish! Tish tirnog’igacha qurollangan hollarida, bolalarning ko’z o’ngilarida ota onalarini tahqirlab, zo’rlab, qamoqqa olib ketishayotganini ko’rib, tosh otishganlari uchun farzandlarimizni qamashayotgan emishlar!

Nahotki o’rganib qoldik!? Bular butun dunyoda, bizlarni vaziyatga qarab birimizni o’ldirib ikkinchimizni boshimizni silashsa, aldanaveramizmi? Isroil butun dunyo ustida hukmron bo’lib turgan kufr sistemasining quvvati bilan turibdiku! Unga suyanib, musulmonlarga qarshi yuqoridagi va undanda jirkanch ishlarni amalga oshirib keladi. Biz o’z yurtlarimizdan turib, ularga bosim berishimiz, ularning xar qanaqangi maslaxatlaridan, madadlaridan voz kechishimiz, Ollohga tavakkul qilgan holimizda ulardan umuman voz kechishimiz lozim. Ollohning nusrati yaqin insha Olloh.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.