Rossiya Misrga 3,5 milliard dollarlik qurol sotadi

621
0

17d4eb07f82e23965Rossiya va Misr o’rtasida 30 yillik tanaffusdan so’ng yana qurol yaroq savdosi qayta tiklandi. Iqtidorga kelgan Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi Moskvaga qilgan safari chog’ida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib harbiy hamkorlik va qurol yaroq savdosi mavzusida kelishib olgan edi.

Ikki davlat o’rtasida tuzilgan bitimda Rossiya Misrga 3,5 milliard dollarlik qurol sotishi aytib o’tilgan. Rossiya federatsiyasi harbiy texnologiya xizmatining rahbari Aleksandr Fominning ma’lum qilishicha, Misr bilan imzolangan bitimda ko’rsatilgan barcha qurol yaroqlar Misrga etkazib beriladi.

Fomin Rossiyaga qaratilgan G’arb davlatlarining sanktsiyalariga qaramay, o’rtada kelishilgan qurol yaroq sotish bitimlaridan kelib chiqib, Rossiya barcha mas’uliyatlarini bajarishda davom etishini qayd etdi.

“Portfelimizga bugunga kelib 48 milliard dollar tushdi. Sportchilar kabi har kuni mashg’ulotlarimizni amalga oshirishimiz va yangi rekordlarni qo’lga kiritishimiz lozim. Ro’yxatga har kuni yangi kelishuvlar qo’shilib bormoqda”, dedi Fomen.

Misrlik harbiy mutaxassis Hassam Suvaylamning bildirishicha, Misr Rossiyadan tankka qarshi qo’llaniladigan “Kornet” raketa tizimlari, Tor-M1 havo mudofaa tizimlari, Mi-8 va Mi-17 rusumli vertalyotlar va Mikoyan MiG 29 rusumli qiruvchi samalyotlar sotib oladi.

Rus manbalariga ko’ra, Misr Rossiyadan MiG-35 qiruvchi samalyotlar, S-300, S-400, Buk-M2E va Tor-M2E, suvosti kemalarini ham sotib olish istagida.

Misr Rossiyadan sotib oladigan qurol yaroqning 2 milliard dollarlik qismi Saudiya Arabistoni tarafidan moliyalashtirilishi da’vo qilingan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.