“Musulmon birodarlar” demokratiyadan umidini uza olmayapti

441
0

Мусулмон биродарлар

“Musulmon birodarlar” jamosi Misr harbiylariga uzr so’rashni talab qilib bir maktub yo’lladi. Maktubda ulardan Misr xalqiga nisbatan amalga oshirgan jinoyatlari uchun tavba qilishlari talab qilinadi. Shuningdek maktubda “jinoyat qilganligidan qattiq pushaymon bo’lish va uni qayta takrorlamaslikka qasd qilish”dan iborat tavba shartlari ham ilova qilingan.

“Musulmon birodarlar” jamosi o’z saytida nashr qilgan maktubda armiyadan ham Misr xalqidan uzr so’rashi talab qilinadi. Toki, xalq harbiy inqilobga nuqta qo’yib, o’z irodasi, etakchiligi va qonuniyligini qaytarib olsin.

Maktubda qayd etilishicha, harbiy muassalar demokratiya, fikr erkinligi va erkin saylovlar ustiga qurilgan siyosiy hayotdan uzoq turishi zarur. Chunki buyruq va qaytariq, qo’mondonga itoat qilish va qurolni ishga solish asosiga qurilgan harbiy hayot demokratiya va fikr erkinligiga tamoman ziddir.

“Qo’shin – bu xalqning mulki, bir jamoaning mulki emas. Uning vazifasi bir guruhni emas, butun xalqni himoya qilishdir. Shu bois, nafaqat bizning harbiylar, balki barcha harbiylarga siyosatdan uzoq turishi va uni o’z egasiga topshirishi vojibdir”, deya qayd etiladi maktubda.

“Musulmon birodarlar” jamosining qo’shimcha qilishicha, qo’shin siyosiy madaniy hayotga aralashishi mumkin emas. Sababi, biror siyosiy hizb yoki jamoa armiya kuchidan foydalanishi yoki o’zining siyosiy raqiblariga qarshi armiyani ishga solishi joiz emas.

“Chunki bu demokratik asoslarni va fuqaroviy hayotni barbod qiladi va davlatni diktatura bilan idora qilinadigan katta harbiy lagerga aylantiradi”, deya ta’kidlaydi jamoa.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.