“Gazprom” Qirg’iziston uchun gazni arzonlatishni va’da qilmoqda

349
0

1402585677_gazprom“Gazsanoat Qirg’iziston” MChJ matbuot xizmatining xabar bershicha, 2014 yilning 1 oktyabridan aholi uchun 1 kub metr tabiiy gaz tarifi taxminan 12 so’mu 95 tiyinni tashkil qiladi.

“Gazprom” kompaniyasi boshqaruv raisi Aleksey Millerning Qirg’iziston Respublikasiga ishchi safari natijalariga ko’ra, Qirg’iziston va Qozog’iston chegarasida tabiiy gazning xarid narxini 1,4 baravarga pasaytirish, ya’ni 1000 kub metr uchun 224 dollardan 165 dollarga arzonlatish qarori qabul qilingan.

“Gazprom Qirg’iziston” tomonidan olib borilgan hisob-kitob natijalariga ko’ra, respublika aholisi uchun tabiiy gaz narxi 2014 yilning 1 oktyabridan bir kub metr uchun taxminan 12 so’m 95 tiyinni tashkil etadi. Ayni damda bu narx bir kub metr uchun 16 so’mu 35 tiyindan iborat. Pasayish bir kub metr uchun 21%ni yoki 3,4 so’mni tashkil etadi.

Turkiston:

Qirg’iziston janubida yashovchi fuqorolari taajublanishmoqda. Yo’q gazning narxini tekin qilib qo’yishmaysanmi, nima o’zgaradi?

Qimmat bo’lsa xam kelib turgan edi, nega to’xtadi? Kim aybdor? Qachon keladi? Bu kabi savollar, vaqt o’tishi bilan asta sekin yo’qolib bormoqda. Gazprom aybdormi yoki xukumatmi? Miller xam Atambaev xam bu xaqda og’iz ochishmadi. Lekin Atambaev mavzu’ni boshqa tomonga burib, biz boshqa davlatlarga bosh egmaymiz deb aybni O’zbek xukumatiga burmoqchi bo’ldi. Agar Qirg’iziston qo’lidagi xujjatlar to’g’ri bo’lsa nega O’zbekiston gazni to’sib olishga jurat qilmoqda. Xujjatlar noto’g’ri bo’lsa, kim bunga be’parvo bo’ldi. Rossiya tomon atayin O’zbeklarni ishga solib gazni to’sib olgan bo’lsa, xozir uning xamma injiqliklariga deyarli rozi bo’ldik, imzoladik nega xali xam gazni ochish xaqida gap yo’q. Xar qaysi xolatda xam, Qirg’iz xukumati aybdor.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.