Yangi prezidentning qator uchrashuvlari davom etmoqda

396
0

2014-09-04-21-01-44Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan NATO yig’ilishiga ishtirok etish uchun Uelsning Kardiff shahriga yo’l oldi. Erdogan u erda Frantsiya prezidenti Fransua Olland, Bolgariya prezidenti Rosen Plevneliev va Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy Brey bilan alohida-alohida uchrashuv o’tkazdi.

Bolgariya prezidenti Rosen Plevneliev bilan 40 daqiqaga yaqin davom etgan uchrashuvdan so’ng Prezident Erdogan Frantsiya prezidenti Fransua Olland bilan ko’rishdi. Olland bilan o’tgan uchrashuv ham 45 daqiqa davom etdi. Undan so’ngra choshgoh paytlarda Albaniya bosh vaziri Edi Rama va Latviya prezidenti Andris Berzins bilan uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuvlarda Prezident Erdoganga tashqi ishlar vaziri Movlud Chavushoglu, tashqi ishlar vazirligining maslahatchisi Feridin Sinirlioglu va prezident bosh kotibining yordamchisi bo’lishi kutilayotgan Ibrohim Qalin hamrohlik qilmoqda. Erdoganning safar rejasida Ukraina prezidenti Pyotr Parashenko bilan ham uchrashuv belgilangan.

Shuningdek, Turkiyaning yangi prezidenti Erdogan Angliya taxtining birinchi navbatdagi vorisi Uels shaxzodasi Charlz bilan ham ko’rishib bir soat davomida suhbat o’tkazdi. Yangi prezidentning turli hukumat boshchilari va etakchilari bilan uchrashuvlari hanuz davom etmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.