Hizbulloh otashkesimni g’alaba deya baholadi

328
0

20140827_1_hizbullah-tan-gazze-aciklamasiMisr vositachiligida Falastin va Isroil o’rtasida o’t ochishni to’xtatish qarori e’lon qilinishi ortidan Hizbulloh guruhi bu qarorni olqishlab chiqdi. U tarafdan berilgan bayonotda G’azodagi o’t ochishni to’xtatish qarori buyuk va muhim g’alabaning boshlang’ich qismi ekanligi bildirildi.

Hizbullohning baholashicha, Falastin va Isroil o’rtasida imzolangan doimiy o’t ochishni to’xtatish qarori Falastin xalqining buyuk qurbonlar qarshisida qilgan sabr matonatining mevasidir.

“Bu qadam tarixiy dushman bo’lgan yahudiylar bilan kurash yo’lida yanada buyuk va muhim g’alabalarni qo’lga kiritishning boshlang’ich qismidir”, “Qarshilik harakatining irodasi va matonati sababli g’alaba ro’yobga chiqdi. G’azoda qo’lga kiritilgan bu g’alaba yahudiylar tarafidan kunlab davom etgan hujumlar oqibatida berilgan qurbonlar uchun Falastin xalqining sabr toqatining mevasidir”, deyiladi Hizbulloh tarafidan chiqarilgan yozma bayonotda.

Hizbulloh G’azoda erishilgan g’alabada shahidlarning oilalari va Isroil qamoqxonasidagi mahbuslar, xususan jasur Falastin xalqi hamda qarshilik harakatlarining katta hissasi borligini hisobga olib, ularni tabrikladi. Shuningdek o’t ochishni to’xtatish qarorini imzolash uchun xizmat ko’rsatgan davlatlar va tashkilotlarga maqtovlar yog’dirdi.

Turkiston:

Suriya inqilobi boshlangandan keyin Hizbullohning haqiqiy basharasi ochilib qoldi. U shu vaqtgacha o’zini yahudiylarning ashaddiy dushmani va Falastin musulmonlarining xaloskori sifatida ko’rsatib kelardi. Ammo ana o’sha dushman 51 kun davomida G’azodagi musulmonlarni ayovsiz qirg’in qildi. 2145 nafar musulmonni qatl qildi, 11100 nafarini mayib-majruh bo’lib qolishiga sabab bo’ldi. Ammo bu xaloskor shuncha vahshiylikni o’z ko’zi balan ko’rib turgan bo’lsa-da qurolini dushmanga qaratib ham qo’ymadi. Aksincha, Suriyadagi musulmon aholini qirg’in qilayotgan zolim Asad rejimi bilan elkama-elka turishda davom etmoqda.

O’z o’zidan ko’rinib turiptiki, Hizbulloh bu bayonoti bilan Ummatni yana aldamoqchi bo’lyapti. Falastin xalqi butun Islom o’lkalari harbiylariga nido qilib, oyoqqa turishga va qo’llariga qurollarini olib o’z vazifalarini ado qilishga chaqirayotgan bir paytda Hizbulloh horlikka rozi bo’lishni g’alaba deb uqtirmoqchi bo’lyapti. Ammo u o’zidan boshqani alday olmaydi. Chunki Ummat uyquda yotgan avvalgi ummat emas. Bu ummat endi ko’zini ocha boshladi. Yahudiy oldida bosh egib taslim bo’lib turish g’alaba emasligini, balki haqiqiy g’alaba Islom yurtlaridagi musulmon armiyalar o’z qo’shinlarini Falastin tomon yo’naltira boshlaganida amalga oshishini yosh bolalar ham bilib qoldi. O’shanda, islomiy yurt armiyalari, Payg’ambarimiz SAV sariyyalaridagi jo’natgan lashkarlariga aylanishadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.