Atambaev: 2016 yil mamlakat uchun oson bo’lmaydi

472
0

Bu haqida prezident Almazbek Atambaev 30 dekabr kuni Jogorku Kenesh to’rog’asi (spikeri) Asilbek Jeenbekov, bosh vazir Temir Sariev va Oliy sud raisi Aynash To’qboevalar bilan bo’lgan uchrashuv chog’ida aytib o’tdi. Prezident matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko’ra, uchrashuvda 2015 yil yakunlari va keyingi yil rejalari muhokama qilingan.

“Qirg’iziston barqarorligini ko’rsata oldi va 2016 yilga yanada barqaror va mustahkam bo’lib kirmoqda”, – degan Atambaev, kelayotgan yil mamlakat uchun oson bo’lmasligini ta’kidlab o’tdi.

Atambaev Jogorku Keneshga halol va transparent saylovlarning o’tkazilgani, uning natijalari xalq va ishtirokchilar tomonidan tan olindi hamda xalqaro kuzatuvchilar va demokratik institutlar tomonidan yuqori baholanganini asosiy yutuqlardan biri sifatida keltirib o’tdi.

“Mamlakatni mustaxkamlash, iqtisodni rivojlantirish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va ularning farovonligini oshirish yo’lida kerakli barcha chora-tadbirlarni ko’rishimiz zarur”, – dedi Atambaev.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.