Pan Gi Mun Turkiya va O’rta Sharq davlatlari rahbarlariga sim qoqdi

486
0

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Turkiyaning yangi prezidenti Rajab Toyyib Erdogan va ba’zi O’rta Sharq davlatlarining rahbarlariga sim qoqib O’rta Sharq davlatlari va G’azo masalasi haqida suhbatlashdi. Bu haqida BMT bosh kotibining so’zchisi Stefan Dujarrik matbuot anjumanida bergan bayonotida ma’lum qildi.

Dujarrik bosh kotib Pan Gi Munning Rajab Toyyib Erdogan bilan bir qatorda Falastin prezidenti Mahmud Abbos, Misr tashqi ishlar vaziri Samih Shukri, AQSh davlat kotibi Jon Kerri, Qatar Amiri shayx Tamim ibn Hamad as-Soniyga ham qo’ng’iroq qilib mintaqadagi vaziyatni muhokama qilganligini, xususan Falastin va Isroil o’rtasida uzoq muddatli bitim tuzish haqida so’zlashganligini bildirdi.

Dujarrikning bildirishicha, Isroil prezidenti Benyamin Netanyahu bilan ham suhbatlashishga tayyorlanayotgan Pangi Gi Mun Erdugon bilan suhbatda Iroqdagi oxirgi vaziyat, xususan u erdagi xristianlar, yazidiylar va turkmanlarga doir xavotirlarini bildirgan.

Shuningdek, Dujarrikning ma’lum qilishicha, BMT bosh kotibi Misr vositichiligida Isroil va Falastin o’rtasida o’t ochishni to’xtatish qarorini imzolash zarur ekanligini ta’kidlar ekan, BMT taraflar o’rtasida tuziladigan har qanday bitimni dastaklashga tayyor ekanligini bildirdi.

Turkiston:

Kufr sistemasining xozirdagi asosiy quroli bo’lmish BMT, kufr sistemasing xaddidan oshish darajasini o’rganmoqda. U AQSh bosh Isroil va boshqa bir qancha Islom va musulmonlarga qarshi olib borilayotgan xunrezliklar musulmonlarning sabr kosalarining chegarasiga etib bordimi, yo’qmi aniqlamoqchi.

Bu sistemada kufr tomonidan millionlagan musulmonlarning qirg’in qilinishi, oddiy bir tinchlik shartnomalarini imzolash bilan yopib yuborilaveradi. Pan gi Mun bu safar xam xuddi shundek, kufr sistemasining ichidagi islomiy yurt etakchilariga topshiriq berib, musulmonlarni murosaga keltirish kompaniyasini uyushtirmoqda. Endi ular go’yoki islomiy tuyg’ulari jo’shib ketgandek xarakatga kelishadi. Muzokaralar uyushtirib, bu qirg’inlarga xech qanday aloqasi bo’lmagan Xamas singari qalbaki etakchilarni qandaydir shartnomalarga imzolar qo’ydirishib, musulmonlarni qasos olish xaq xuquqlarini man qilishadi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.