Dovudo’g’li bosh vazirlikka bel bog’ladi

408
0

2013420183330112734_20Turkiya tashqi ishlar vaziri Ahmad Dovudo’g’li o’z kar’erasidan bir pog’ona yuqoriga ko’tarilishi kutilmoqda. Prezident Erdogan 28 avgustda prezidentlik mansabini Abdulloh Guldan qabul qilib olar ekan, o’zining bosh vazirlik mansabini Dovuto’g’liga qoldirmoqchi.

Dovuto’g’li Erdugondan so’ng bosh vazirlikni qo’lga kiritib, Turkiyaning 26 bosh vaziriga aylanishga ko’z tikib turgan bir paytda AQSh tashqi ishlar vazirligining so’zchisi Mariya Harf Turkiyaning yangi bosh vaziri bilan hamkorlik qilishni sabrsizlik bilan kutayotganini bildirdi.

Harf kundalik matbuot brifingida Dovuto’g’lining “Adolat va Taraqqiyot” partiyasi tarafidan Turkiya bosh vazirligiga nomzod qilib ko’rsatilishiga doir berilgan savolga “Dovuto’g’lining nomzod qilib ko’rsatilishini tushunaman. Hozirda ishlov berish kerak bo’lgan jarayon mavjud. Turkiyada keyingi bosh vazir kim bo’lishidan qat’iy nazar, u bilan hamkorlikda faoliyat olib borishni sabrsizlik bilan kutyapmiz”, deb javob berdi.

Yana bir boshqa savolga AQSh tashqi ishlar vazirining so’zchisi Harf AQSh davlat kotibi Jon Kerri o’zining tashqi ishlar vazirligi davrida Dovuto’g’li bilan juda yaqin aloqada bo’lganligini va bu hafta u bilan G’azo mavzusida va boshqa mavzularda bir necha uchrashuvlar o’tkazganligini bildirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.