Kerri: Isroil bilan do’stligimiz uni dastaklashimizni talab qiladi

399
0

25395324 Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu BMT tarafidan taklif qilingan va Hamas tarafidan qabul qilingan o’t ochishni to’xtatish taklifiga rad javobini berdi. Amerikaning CNN televizion kanaliga intervyu bergan Netanyahu o’t ochishni to’xtatish taklifiga rozi bo’lmasligini bildirib, Isroil xalqini himoya qilish uchun kerak bo’lgan ishni qilishini ma’lum qildi.

 Birlashgan millatlar tashkiloti G’azoga insonparvarlik yordamini etkazish uchun Hamas va Isroilga o’t ochishni 24 soatga to’xtatib turishni taklif qilgan edi. Isroil hukumati G’azo tarafidan raketa hujumlari davom etayotganini da’vo qilib, hujumlarni to’xtatmasligini bildirdi.

 AQSh davlat kotibi Jon Kerri ham G’azoda o’t ochishni to’xtatish qarorini ijro qilish tarafdori ekanligini ma’lum qilgan bo’lsa-da biroq Kerriga ko’ra, Isroil ayni paytda tunellarni yo’q qilish bilan o’zini himoya qilish huquqidan foydalanmoqda.

 “Isroil tunellar masalasini hal qilishi lozim. Tunellar Isroil xavfsizligi uchun tahdiddir. Isroilning o’zini himoya qilishga haqqi bor. Vazifamiz ikki tarafni kelishishga chaqirishdir. Isroil bilan do’stligimiz uni dastaklashimizni talab qiladi”, dedi AQSh davlat kotibi.

 Ayni paytda Falastin sog’likni saqlash vazirligining so’zchisi Ashraf Kubro axborot agentliklariga bildirishicha, shu vaqtgacha Isroilning dengiz, quruqlik va havodan uyushtirgan hujumlari oqibatida 1216 kishi hayotdan ko’z yumgan. Jarohat olganlarning soni 7000 kishidan ortgan bo’lsa, 2360 dona turar joy binolari vayron qilindi.

 Isroil armiyasi ramazon hayiti kunida bolalar bayram o’tkazayotgan xiyobonni nishonga olishi oqibatida bir qancha ma’sum go’daklar hayot bilan vidolashdi. Isroillik o’ngchi ekstrimist jurnalistlardan biri Isroilliklarning Tel-Avivda o’tkazgan bayramlari haqida xabar tarqatdi. Xabarda aytilishicha,

 Isroilliklar ko’chalarga chiqib “uraaa! Ertaga G’azo maktablarida ta’til kuni. Chunki barcha bolalar o’lib ketdi”, deya baqirishib o’yinga tushishgan.

 Ayniqsa bugun G’azo aholisi eng dahshatli kunlardan birini boshidan kechirdi. Isroil armiyasi aholi govjum erlardan biriga bomba yog’dirishi sababli eng kamida 100 kishi halok bo’ldi. Elektr energiyasi va telefon liniyalari uzilib qoldi. Kasalxonaga olib kelinayotgan o’liklarning keti uzilmayapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.