Moskvada Suriya masalasi muhokamada

577
0

0,0

“Suriya masalasini suriyaliklarning o’zlari hal qilishi lozim”, deb jar solayotgan siyosatdonlar Suriya masalasini hal qilish uchun o’zaro uchrashuvlarini davom ettirishmoqda.

Kuni kecha ayni mavzuda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Saudiya Arabistoni razvedka boshlig’i Bandar bin Sulton Moskvada uchrashdi. Uchrashuv chog’ida ikki siyosatchi Jeneva-2 konferentsiyasiga tayyorgarlik ko’rish uchun Suriyadagi vaziyat haqida muhokama yuritishdi.

Ommaviy axborot vositalari Rossiya prezidenti nomidan so’zlovchi Dimitriy Peskovga tayanib xabar qilishicha, Putin Bandar bin Sulton bilan uchrashib Suriyadagi vaziyat haqida, xususan 22 yanvarda belgilangan Jeneva-2 konferentsiyasiga tayyorgarlik haqida mufassal shaklda fikr almashishgan.

Ma’lumki, Rossiya federatsiyasi Suriyada urush boshlanganidan buyon yuz ellik mingga yaqin kishining yostig’ini quritgan Bashar Asadni dastaklab kelyotgan bo’lsa, Saudiya Arabistoni unga qarshi kurashayotgan qulolli muxolifotni dastaklab keladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.