Sharqiy turkistonda 100ta Musulmon o’ldirildi

556
0

20140731_1_cin-de-musluman-kiyimi-100-sehit Sharqiy turkistonda Xitoy xavfsizlik kuchlari uyg’ur musulmonlariga nisbatan hujumlarini davom ettirmoqda. Muborak Ramazon bayramining birinchi kunida yuzaga kelgan hodisalarda o’nta musulmon hayotdan ko’z yumganligi xabar qilingan edi. Undan so’ngra davom etgan hodisalarda eng kamida yuzta musulmon Xitoy politsiyasi tomonidan o’ldirilganligi ochiqlandi.

 Xitoyga qarashli Sinxua axborot agentligi yuzaga kelgan hodisalarda o’nlagan kishining hayotdan ko’z yumganligi haqida xabar tarqatgan bo’lsa-da, biroq aniq bir sonoq keltirmagan edi. Boshqa bir tarafdan quvg’indagi uyg’urlar tashkil qilgan “uyg’urlar kengashi” o’ldirilgan uyg’urlarning soni yuzga etganligini bildirdi.

 Mintaqadagi ba’zi manbalar o’ldirilganlarning soni yuztadan ko’pligini aytishmoqda. Ba’zi xabarlarga ko’ra, faqatgina Yorkent shahrining o’zida 120 nafar musulmon o’ldirilgan. Xitoy hukumati uzoq yillardan buyon Sharqiy Turkistondagi musulmon uyg’urlarini etnik jihatdan kamsitib ularga nisbatan kuch ishlatib keladi. Oxirgi paytlarda Xitoy hukumati turli bahonalar bilan bir necha marta qatliomlar uyushtirdi. Xususan, 2009 yil hodisasida juda ko’p musulmonlarni qirg’in qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.