«IShID»ning ishlari qaerdayu Islom rahmati va adolati… qaerda?!

455
0

01-11«IShID»ning ishlari qaerdayu Islom rahmati va adolati… qaerda?!

Mosul nasroniylarining o’z diyorlari va uy-joylaridan ko’chirib yuborilgani, ularning o’z jonlarini olib qochib Naynavo past tekisliklariga va Kurdiston iqlimiga qarab yo’l olishgani haqidagi xabar – garchi achchiq bo’lsa-da – biz uchun kutilmagan xabar bo’lgani yo’q. Nasroniylar IShID (Iroq va Shom Islom Davlati tashkiloti) ularga 2014 yil 19 iyul shanba kuni soat o’n ikkida «taqdirni belgilash hujjati» degan narsa bo’yicha belgilab qo’ygan muhlat tugamasidan oldin o’z uy-joylarini tashlab ketishga majbur bo’lishdi. O’sha hujjat bandlari shahar masjidlarida juma xutbalari chog’ida o’qib eshittirilib, nasroniylarga Islomni qabul qilish yoki jizya to’lash yoki shahardan o’zlarining mol-mulklaridan hech bir narsani olmasdan faqat kiyim-kechaklar bilangina chiqib ketishdan birini tanlash shartlari qo’yilgan edi va shahardan chiqib ketadigan bo’lishsa «ular bilan IShID o’rtasida faqat qilichgina bo’lishi» aytilgan edi!

Bu tashkilotning o’z ra’ylarini o’ta qattiqqo’llik bilan majburlab yuklashga odatlangani, buning natijasi o’laroq Alloh Taolodan hech qo’rqmay qon to’kishga va mol-mulklarga tajovuz qilishga jur’at qilayotgani ularning xalifalikni e’lon qilishlari Xalifalikning buyuk sha’nini sodda-go’l musulmonlar qalbida kamsitish va uni hazil-mazaxga aylantirish maqsadida qilingan harakatdan boshqa narsa emas. Bu harakat kofir g’arb loyihalari foydasiga xizmat qilishdir, degan gumonimizning to’g’ri ekanligiga yaqqol dalildir. Qanchalik ulkan qurbonlar berilmasin va qanchalik uzoqqa cho’zilmasin payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni qurish uchun Rosululloh A tariqatini mahkam tutib ixlos bilan harakat qilayotgan kishilarning sodiqligi kofir g’arbning tinchini buzdi. Bunday bo’lishi tabiiydir, zero Xalifalikning sevinchli daraklari Alloh Taolo izni ila ufqda ko’rinib qoldi. Bunga misol qilib Shomdagi muborak qo’zg’olonni, barcha joylardagi musulmonlarning uyg’onib qolganini va zo’ravon boshqaruvning kuni bitishiga yaqin qolganini keltirish mumkin.

Oxirida shuni aytamizki, Islomni tatbiq etish degani odamlar bo’yni ustida qilichni yalang’ochlash va ularning mol-mulklarini botil yo’l bilan tortib olish degani emas. Aksincha Islom olamlarga yuborilgan rahmatdir! Alloh Taolo Islomni odamlarning jonlari, or-nomuslari va mol-mulklari omonda bo’lishi uchun nozil qildi!

Darhaqiqat Islomni uning uzoq tarixi davomida go’zal suratda tatbiq etilganligi ummatlar va xalqlarning Islomga to’p-to’p bo’lib kirishlaridagi asosiy omil bo’ldi. Bu ummatlar va xalqlar faqat Islom soyasidagina adolat va tinchlik ne’matidan bahramand bo’lishdi… Sharq nasroniylarining musulmonlar bilan elkama-elka turib bosqinchi salibchilarga qarshi jang qilishgani Islomning rahmat ekaniga bir yorqin dalildir. Shunday ekan, keling, Islomga yaxshi da’vatchi bo’laylik, nafrat qo’zg’ovchi emas, xushxabar beruvchi bo’laylik. O’shanda Robbimiz Subhanahuni rozi qilamiz.

«(Ey Muhammad), Parvardigoringizning yo’li — diniga donolik, hikmat va chiroyli pand-nasihat bilan da’vat qiling! Ular (siz bilan talashib-tortishadigan kimsalar) bilan eng go’zal yo’lda mujodala-munozara qiling! Albatta, Parvardigoringizning O’zi Uning yo’lidan ozgan kimsalarni juda yaxshi bilur va U zot hidoyat topguvchi kishilarni ham juda yaxshi bilur» [Nahl 125]

Hizb ut-Tahrirning Iroqdagi matbuot bo’limi

Elektron pochta: huti53@yahoo.com

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.