AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalarni joriy qildi

381
0

77095872-953B-4D7A-8217-FD734968D1EE_w748_r1_s  AQSh moliya vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar joriy qildi.

 Xabarda aytilishicha yangi joriy etilgan sanktsiyalarga Rostneft kompaniyasi, Gazprombank, Tashqi iqtisodiy banki, Kalashnikov qurol zavodi, Almaz-Antey hissadorlik jamiyati, Bazalt tashkiloti, Qrimdagi Feodosiya neft kompaniyasi va Novatek kabi energetika sohasidagi shirkatlar tortilgan.

 “Sanktsiyalar ro’yxatiga kiritilgan shaxslar va tashkilotlarga AQSh bozorlariga kirish huquqi sezirarli qisqartirildi. AQSh hududida ularning aktivlari topilgudek bo’lsa, ular muzlatib qo’yiladi”, – deyiladi moliya vazirligi tarqatgan xabarda.

 Bundan tashqari sanktsiyalar ro’yxatiga bir qator Rossiya mulozimlari ham kiritilgan bo’lib ular, FXX Beshinchi bo’limi boshlig’i Sergey Beseda, Davlat dumasi raisi o’rinbosari Sergey Neverov, Qrim masalalari bo’yicha vazir Oleg Savelev, o’zini Donetsk Xalq Respublikasi bosh vaziri deb e’lon qilgan Aleksandr Boroday va Rossiya prezidenti yordamichsi Igor Shegolevlardan iborat.

 Joriy etilgan yangi sanktsiyalar ortidan bayonot bergan AQSh Prezidenti Barak Obama sanktsiyalar Rossiyaning Ukraina sharqidagi zo’ravonliklar avj olishini to’xtatish borasida konkret qadamlarni amalga oshira olmagani bois joriy qilinganini ma’lum qildi.

 “Biz bu masalani diplomatik yo’l bilan hal qilish tarafdori ekanimizni, lekin Rossiya-Ukraina chegarasidagi mojaroni to’xtatish bo’yicha Rossiyaning quruq gap emas, konkret harakatlarni amalga oshirish urinishlarini ko’rishni istashimizni aytib keldik. Hozircha Rossiya men aytgan qadamlarning birortasini amalga oshirgani yo’q. Aksincha, Rossiya ayirmachilarni qo’llab-quvvatlash va Ukraina suverenitetiga putur etkazishda davom etdi”,- dedi Obama.

 AQSh prezidenti “Rossiya etakchilari Ukrainadagi xatti-harakatlarining oqibatlari borligini yana bir bor ko’rishlarini istaymiz”, deya qo’shimcha qildi.

 Bunga o’z munosabatini bildirgan Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev 17 iyul kuni bo’lib o’tgan hukumat yig’ilishida, “Afsuski bu sanktsiyalar Ukrainaga hech qanday yordam bermaydi”, – dedi.

 Shu bilan birga Medvedev, “bizning byudjet siyosatimizga bu sanktsiyalar baribir ta’sir ko’rsatadi”, – deb qo’shimcha qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.