Telefon orqali Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu bilan so’zlashgan AQSh prezidenti Barak Obama Isroilning G’azoga qilgan hujumini oqlab, Isroil davlati o’zini himoya qilishga haqqi borligini urg’uladi. Obama Isroilga qarata otilgan raketalarni tanqid ostiga olar ekan, G’azoda minglagan uylarni vayron qilib, yuzlagan odamlarning o’limiga sabab bo’lgan Isroil raketalari “o’zini himoya qilish” ekanligini bildirdi.
“Oqdengiz-Yevropa” nison huquqlari tashkiloti tarafidan ochiqlanishicha, Isroil tarafidan otilgan 2061 dona raketa 400dan ortiq musulmonlarning yashash joylarini vayron qilib, yuzdan ortiq begunoh insonlarning o’limiga sabab bo’lgan. Ammo xabarlarga ko’ra, Hamas tarafidan Isroilga atigi 12 dona raketa otilgan bo’lsa, undan 8 donasini “Temir gumbaz” himoya tizimi orqali zararsiz holga keltirilgan.
Shuningdek, Obama G’arbiy qirg’oqda o’lik holda topilgan uch yahudiy bolaning oila a’zolariga ta’ziya bildirar ekan, Isroil tarafidan otilgan raketalar tufayli G’azoda yuzdan ortiq musulmonlarning o’ldirilishi haqida sukut saqlashni afzal bildi.
Obama oradagi qarshilik ortib borishi xatarli oqibatlarga sabab bo’lishini bildirib, AQSh hukumati taraflar o’rtasidagi dushmanlikni bartaraf qilish uchun yordam qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu G’azoga uyushtirilayotgan hujumlar haqida matbuot anjumani tashkil qilib, Isroil hukumati xalqaro hamjamiyatning hujumlarga qarshi bosimini e’tiborga olmasligini bildirdi.
“Bir qancha davlatlarning prezidentlari bilan gaplashdim. Barak Obama, Angela Merkel va Fransua Holland bilan gaplashib, hammasiga shunday dedim: hech qanday davlat o’z fuqarolari ustiga raketa otilar ekan, indamay qarab o’tirmaydi. Bizni nishonga olganlarga kuchliroq shaklda zarba berishda davom etamiz. Hech bir halqaro bosim bizni to’xtata olmaydi. Harbiy amaliyotlarni davom ettiraveramiz. Mudofaa tizimimiz ishonchlidir va uni yanada rivojlantiramiz. G’azodagi o’lganlar va barcha zararlarga Hamas javobgardir”, dedi Isroil bosh vaziri.
Netanyahu isroil armiyasiga ham murojaat qildi.
“Vatandoshlarimizni himoya qilish uchun qo’limizdan kelgan ishni qilamiz. Davlat boshchisi sifatida sizlar bilan faxrlanaman. Qo’rqmang, sarosimaga tushmang, sizlar bilan faxrlanaman. Barcha variantlarni ko’rib chiqamiz. Maqsadimiz vatandoshlarimizni himoya qilish va mintaqa xavfsizligini saqlashdir”, dedi u askarlarga qarata.